Morata faoliyatini "Yuventus"da yakunlashni xohlaydi
24 may 2022 17:33
Yangiliklar
Morata faoliyatini "Yuventus"da yakunlashni xohlaydi
"Yuventus"da ijara asosida o'ynayotgan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini Turin klubida yakunlashni xohlaydi.
Turin klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham 29 yoshli ispanni saqlab qolishni afzal ko'radi.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" hujumchini ikki yil avval ijaraga oldi. Klublar o'rtasidagi kelishuvda 35 million evrolik xarid qilish bandi ko'zda tutilgan. Ammo, turinliklar rahbariyati transfer strategiyasini o'zgartirdi va Morata uchun buncha to'lashga tayyor emas.
Qayd etish kerakki, Madrid klubi chegirma qilmoqchi va ispanni 15 million evro+bonuslar evaziga sotishmoqchi emas.
Morata 2021/22 yilgi mavsum turinliklar safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar