So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

MOQ Prezidenti Qoraqalpog'istondagi Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Oliy mahorat sport maktabini borib ko'rdi Yangiliklar

MOQ Prezidenti Qoraqalpog'istondagi Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Oliy mahorat sport maktabini borib ko'rdi

Bugun Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegaciya sport festivalida ishtirok etish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurgani haqida malum qilgandik.

MOQ rahbari ushbu tashrif doirasida Nukus shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bunyod etilgan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Oliy mahorat sport maktabini ham borib ko'rdi va u erdagi sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Yodingizda bo'lsa, yurtboshimiz o'tgan yilning 15-16 dekabr kunlari  ushbu maktabga tashrif buyurib, u erdagi faoliyat bilan yaqindan tanishgandi. Aynan shu erdagi uchrashuv davomida davlatimiz rahbari og'ir atletikachimiz Rustam Djangabaev, qilichboz qizimiz Zaynab Dayibekovalarga sovg'alarni taqdim qilgandi. Bugun esa Umid Ahmadjonov maktabdagi sharoitlarni ko'zdan kechirdi, ushbu maskan rahbarlari bilan suhbatda bo'ldi.

Sir emaski, Qoraqalpog'iston Respublikasi o'zbek sporti uchun ko'plab iqtidorli sportchilarni tarbiyalab bergan. Bu maktab ham kelajakda ushbu ananani davom ettirib, yangi nomlarni kashf etishga o'z hissasini qo'shishi lozim, degan fikrni ilgari surdi MOQ rahbari. Umid Ahmadjonov bu yo'lda Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini, har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini malum qildi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика