So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  4 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  2 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7

Monakodan maxsus muxbirimiz xabar qiladi. Luka Modrich: "Real"da o'ynashni butun umr orzu qilganman" Yangiliklar

Monakodan maxsus muxbirimiz xabar qiladi. Luka Modrich: "Real"da o'ynashni butun umr orzu qilganman"

Kecha Monakoda Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura marosimida tashkilotchilar o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisini taqdirladi. "Real" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich jurnalistlar ovozlari evaziga g'olib bo'ldi. Ushbu tadbirda championat.asia sayti jurnalisti Miron Goyxmann ham akkreditaciyadan o'tib ishtirok etdi.

UEFA taqdirlash marosimidan so'ng jurnalistlar uchun maxsus matbuot anjumani tashkil etdi. unda Luka Modrich qatnashdi.



"Ushbu sovrinni olganimdan faxrlanaman va juda xursandman. Sovringa ega chiqaman deb o'ylamagandim, shu bois haqiqatdan ham baxtliman. Buning uchun jamoadoshlarimga, murabbiylarim va oilamga rahmat aytaman. Menga ovoz berganlarga ham rahmat", - deydi Modrich.

- Sizning faoliyatingiz yoshlarga o'rnak bo'la oladimi?

- O'zim haqimda gapirishni yomon ko'raman. Boshqalar menga baho berganlari maqul. Agar kimdir mening foliyatimga shunday yuqori bersa bundan juda ham xursandman.



- Ronaldu ketgach sizga ko'proq masuliyat yuklanadimi?

- Aslida Ronaldu jamoada bo'lganida ham menda katta masuliyat bor edi. Hozir ham shunday qolaveradi.

- Transfer bozori vaqtida sizning boshqa klubga o'tishingiz haqida ko'plab xabarlar chiqdi.

- Butun umr "Real"da o'ynashni orzu qilganman. SHu klubda ekanligimdan faxrlanaman. O'ylashimcha bundan keyin ham "Real"da o'ynashda davom etaman.

Miron Goyxmann Monakodan maxsus



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика