“Monako” “Yuventus”ning sobiq futbolchisiga ko'z tikdi
21 avg 2019 08:29
Yangiliklar
“Monako” “Yuventus”ning sobiq futbolchisiga ko'z tikdi
Mario Lemina faoliyatini monegasklar safida davom ettirishi mumkin.
“Sautgempton” klubi yarim himoyachisi Mario Leminaning xizmatlariga “Monako” jiddiy qiziqib qoldi. O'z vaqtida “Yuventus” va “Marsel” klublarida to'p surgan Lemina transfer oynasining so'nggi kunlarida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchi o'tgan mavsum APLda 21 ta o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar