"Monako" Uillokka qiziqmoqda
28 iyu 2021 11:24
Yangiliklar
"Monako" Uillokka qiziqmoqda
"Arsenal" yarim himoyachisi Jozef Uillok faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Monako" 21 yoshli angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Uillok o'tgan mavsumni ijara asosida "Nyukasl"da o'tkazdi. Klub o'yinchini 2021 yilning qishida ijaraga olgan edi.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum "Nyukasl" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.
Fikrlar