"Monako" futbolchilariga Anrining munosabati yoqmagan ekan

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 16:33
"Monako"ning bir necha futbolchisi jamoa bosh murabbiy Terri Anrining munosabati va ish uslubidan norozi bo'ldi.

"Qaysidir o'yindan so'ng Anri futbolchiga quyidagi gaplarni aytib baqirgan edi: "Sen 10 mln. evro turarmiding?" Buni hamma eshitdi va salbiy qabul qilishdi. Murabbiy jamoa bilan yomon munosabatda bo'ldi. Takabburlik qildi va boshqalarning fikrini eshitmasdi" - deydi "Monako" rahbariyati vakiliga yaqin inson.

Kecha, 24 yanvar kuni "Monako" Anrini iste'foga chiqardi. 

Oldinroq, Leonardu Jardim monegasklar safiga qaytishga yaqinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal