Moliyaviy va boshqaruv inqirozi: "Inter" xo'jayini qanday qilib klubni pastga tortmoqda (mutolaa uchun)
25 mar 2023 22:20
Yangiliklar
Moliyaviy va boshqaruv inqirozi: "Inter" xo'jayini qanday qilib klubni pastga tortmoqda (mutolaa uchun)
"Inter" 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra skudettoni yutdi. "Neradzurri" o'tgan mavsum "Milan"dan atigi 2 ochko ortda qolgan holda Italiya vice-chempionlariga aylandi. "Qora-ko'klar" joriy mavsum A Seriyaning eng yaxshi uchtaligidalar va CHempionlar ligasining chorak finaliga qadar borishgan. Bu Milan klubida 5 yil oldin bo'lgan natijalarni hisobga olganda, yaxshi ko'rsatkichlar.
Boshqa tomondan, "Inter" faqatgina CHLga chiqish emas, balki har yili skudetto uchun kurashish uchun maqsadlarga ega. "Neradzurri"dagi hammaning maqsadi bor: o'yinchilar, murabbiy, rahbariyat va ayniqsa jamoani eng yaxshi natijalarga qarab doimo etaklaydigan bosh direktor Juzeppe Marotta. "Qora-ko'klar" haqiqatdan ham beqaror mavsumni o'tkazishmoqda, ammo buning o'z sabablari bor.
Klub xo'jayinning aybi sabab qiyin moliyaviy holatga tushib qoldi va shu sabab yaxshi rivojlana olmayapti. "Inter" na yaxshiroq transferlarga, na kelajakda kattaroq pul olish mumkin bo'lgan infrastrukturani yaxshilashga harakat qila olmayapti. "Neradzurri" o'z joyida tiqilib qoldi va gap faqatgina Romelu Lukakuning zaif formasi yoki Simone Inzagining jamoani o'z vaqtida tetiklashtira olmaganida emas. Zamonaviy futbolda iqtisodiy imkoniyat juda muhim, ammo u "neradzurri"da yo'q.
Italiyaning Calcio e Finanze nashri "qora-ko'klar" prezidenti Stiven CHanni 300 mln evrolik qarz bilan bog'liq ish uchun qamoq jazosi kutayotganini takidladi. Manbaning xabariga ko'ra, Xitoy qurilish banki (dunyodagi eng katta banklardan) boshqaruvchini qarzlarni to'lamaganlikda ayblamoqda. SHu bilan birga u bankrot hisoblanmaydi. Kreditorlar CHanga Italiya, Gonkong va AQSHda sud ishi ochishgan. Agar sud qarzlarini to'lamaslik uchun ataylab daromadlarini yashirgan deb topsa, uni qamoq kutmoqda.
"Inter" prezidenti bilan bog'liq vaziyat to'g'ridan-to'g'ri klubga tasir qiladi. "Neradzurri" o'tgan moliyaviy yilni 140 mln evro zarar bilan yakunladi. Hatto "qora-ko'klar"ning CHempionlar ligasida uzoqroqqa borishi va kelasi mavsum CHLga chiqishi ularni muhim o'yinchilarning sotuvidan qutqarishi qiyin. Italyanlarda hozirda Lukakuni xarid qilishga va Milan SHkrinyar uchun yangi shartnomaga pul yo'q. Forvard ham, himoyachi ham mavsum so'nggida Milan klubidan ketadi, ammo ularning o'rniga futbolchi bilan shartnoma imzolash amalga oshadimi yoki yo'q, bu katta savol.
Ammo, bu "Inter" kadrlar muammolari bilan hal qilishi kerak bo'lgan barcha narsa emas. Iyunda Samir Xandanovich, Edin Jeko, Danilo D'Ambrozio, Stefan de Vrey va Robin Gosensning shartnomalari yakunlanadi. Bundan tashqari, Xakan CHalxanoglu, Genrix Mxitaryan, Matteo Darmian va Alessandro Bastonining kelishuviga 1 yil qolgan.
"Neradzurri"ga o'yinchilar bilan shartnomani uzaytirishga va yangilari bilan bitim tuzishga pul kerak. Agar klubdagi asosiy odamning qarzi 300 million bo'lsa, ularni qaerdan olish kerak? "Qora-ko'klar" CHempionlar ligasida chorak finalga chiqish uchun 20 mln evro olishadi. Narx sezilarli, ammo vaziyatga butunligicha qarasak, unchalik katta ham emas.
Mavsumlar oralig'ida "Inter" tarkibi jiddiy o'zgarishga uchrash ehtimoli yuqori. Hammasidan kelib chiqsak, muhim o'yinchilarni bozorda sotilishidan qutulib bo'lmaydi. Masalan, Denzel Dumfris, Nikolo Barella, Marcelo Brozovich yoki Lautaro Martines ketishi mumkin. Bunaqa holat 2021 yilda ro'y bergandi. "Neradzurrilar" CHan bilan chempionlik mavsumidan so'ng Lukaku va Ashraf Xakimidan ayrilishgandi. "Qora-ko'klar" ularning sotuvidan yaxshigina ishlab olishgan, ammo tarkib kuchsizlangandi, sababi belgiyalik ham, marokashlik ham jamoada muhim rollarni egallashgandi.
Antonio Konte o'shanda rahbariyat tomonidan hech qanday yaxshi echim bo'lmasligini tushungan, shu sabab klubdan ketgandi. Inzagi hech qaerga ketmaydi va bori bilan o'ynaydi, sababi "Inter" tarkibini kuchaytirish imkoniyati minimum darajada. Mutaxassis shu bilan birga jiddiy bosimga uchramoqda. Italyanga to'g'ridan-to'g'ri agar jamoa kelasi mavsumda CHempionlar ligasiga chiqmasa, o'z joyidan ayrilishini aytishmoqda. "Neradzurri"da evrokubokdagi ishtirokdan tashqari qo'shimcha mablag' oladigan joy yo'q.
Milan klubining hozirgi kadrlar imkoniyati kelasi mavsum CHLga chiqishga va hatto joriy mavsum CHempionlar ligasida yarim finalga yo'l olishga imkon beradi. Ammo, jamoaning keyingi hayoti tumanli ko'rinmoqda. CHanning "Inter"ni sotishi mumkinligi bo'yicha malumot bor. Boshqaruvchini 1,2 mlrd evro qoniqtiradi. Ammo, bu ham barchasi faraziy, sabab klubni xarid qilish uchun davogarlar yo'q. Hali ham vaziyat o'zgarishi mumkin, ammo "qora-ko'klar" yana uzoq vaqt davomida unutilib ketish xavfi bor.
Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar