Moji: “Zidan uchun Peresni katta mablag' sarflashga majbur qilganman”
05 apr 2020 07:16
Yangiliklar
Moji: “Zidan uchun Peresni katta mablag' sarflashga majbur qilganman”
“Yuventus” klubi sobiq bosh direktori Luchano Moji Zinedin Zidanning 2001 yilda “Yuve”dan “Real”ga ko'chib o'tish jarayoni haqida gapirdi.
“Atalanta”ga qarshi uchrashuvdan keyin Zidan bilan birga echinish xonasidan chiqdik. U “Real”ga o'tishi uchun jamoaga bosim o'tkazayotgandi. Men unga “Peresga aytib qo'y, seni hech qaerga qo'yib yubormayman” dedim. O'shanda Peres Zidan uchun o'zi mo'ljallaganidan ham ko'proq mablag' to'lashi kerakligini tushunib etgandi”, dedi Modji “Juventibus”ga bergan intervyusida.
Ayni paytda qirollik klubini boshqarayotgan Zidan o'shanda 150 milliard Italiya lirasi (73,5 million evro) evaziga “Yuventus”dan “Real”ga transfer qilingandi. “Real” safida u futbolchilik faoliyati yakuniga qadar (2006 y) to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar