Moyes: "Manchester"ga omad etishmadi
05 dek 2013 10:23
Yangiliklar


Moyes: "Manchester"ga omad etishmadi
"Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes APLning 14-turida "Everton"ga qarshi uchrashuv xaqida fikrlarini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" murabbiylarining avvalgi jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"Biz g'alabaga yaqinroq edik, men butun uchrashuv davomida buni his qilib o'tirdim. Futbolchilarimda bir nechta qulay imkoniyatlar bo'ldi va agarda biz ulardan foydalana olganimizda, o'yin boshqacharoq davom etgan bo'larmidi. Aslida esa biz imkoniyatlardan foydalana bilmadik va yakunda mag'lub bo'ldik.
Raqib darvozasini ishg'ol etish uchun bizning bir yoki ikkita o'ta qulay imkoniyatimiz bo'ldi. Lekin uchrashuv so'ngida "Everton" o'z imkoniyatidan foydalandi va g'alaba qozondi", - deya Moyes fikrlarini keltiradi "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.

Fikrlar