Moyes: "Beylni "Manchester Yunayted"ga olib kelishni istagandim"
30 jan 2015 22:32
Yangiliklar


Moyes: "Beylni "Manchester Yunayted"ga olib kelishni istagandim"
"Real Sosedad" bosh murabbiyi Devid Moyes "Manchester Yunayted"da ishlagan vaqtida Garet Beylni sotib olishni istaganini aytib o'tdi.
"Manchester Yunayted"da ishlagan paytimda Garet Beylni jamoaga olib kelishga harakat qilgandim. O'shanda Beylni jamoa yulduzi bo'ladi deb o'ylagandim. Unda bu borada barcha sifatlar mavjud. Biz unga jiddiy qiziqish bildirgandik, biroq Garet Madridga ko'chib o'tishni va yuragini "Real"ga bag'ishlashni tanlagadi.

Fikrlar