So’nggi yangiliklar

20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2

Mo'ydin Mamazulumov: “Mashal”dagi faoliyatimdan qoniqdim" Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Mashal”dagi faoliyatimdan qoniqdim"

Qishki tayyorgarlik jarayonida futbolchilarning o'z klubini almashtirishlari odat tusiga aylangan.
Ayni paytga kelib jamoalar asta-sekin dastlabki mashg'ulotlarga kirishmoqdalar. Tabiiyki, futbolchilar ham jamoasini o'zgartirayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Ushbu fikrni Mo'ydin Mamazulumovga nisbatan ham qo'llasak bo'ladi. Negaki, u “Mashal” bilan xayrlashdi.

Mazkur hujumchi muborakliklar safida bir mavsum to'p surdi. O'tkazilgan o'yinlar davomida raqiblar darvozasiga etti marta to'p kiritdi. Uning yana “Mashal”da qolishi kutilayotgan bir pallada futbolchi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Natijada u 2015 yilgi mavsumni boshqa jamoada o'tkazishi oydinlashdi. Nima sababdan “Mashal”ni tark etdingiz, deya unga murojaat qilganimizda, quyidagicha javobni oldik:

-   Jamoani tark etishimga kelsak, birinchidan, klub rahbarlari bilan bir to'xtamga kela olmadik. Ikkinchidan uyimga ham uzoqlik qilayotgandi. SHularni hisobga olib, jamoamni o'zgartirish niyatida yurgandim. Faoliyatimni “Mashal”da davom ettirmasligim aniq.
-   
Mamazulumovning Muborakdagi faoliyati yomon kechgani yo'q. Har tugul, “Mashal”ning 5-o'rinni qo'lga kiritishida ham uning hissasi bo'ldi. Keyingi yil uchun Mo'ydinning boshqa rejalari borga o'xshab turibdi. CHunki boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borayotgani haqida malumotlar yo'q emas. Masalan, “Navbahor”ga o'tishi to'g'risida xabarlar paydo bo'ldi. “Yashirmayman, bir-ikkita variantlar bor. Hozir shularni ko'rib chiqyapman. O'zimga maqul kelganini tanlamoqchiman. Uyimga yaqinroq jamoada o'ynamoqchiman. “Navbahor”ga kelsak, Bahtiyor aka Ashurmatov bilan gaplashganman. Hammasi murabbiyga bog'liq, dedi Mamazulumov.  

Malumki, Ashurmatov Mamaluzumov bilan 2013 yili “Guliston”da birga ishlagandi. O'shanda ikkinchi davrada qo'shilgan hujumchi to'purarlik salohiyatini ko'rsatib murabbiyning ham ishonchini qozongan. Lekin “Mashal”da kiritgan gollari yarim mavsum davomida “Guliston” safida urgan gollaridan ozroq bo'ldi. “Mashal”dagi faoliyatimdan qoniqdim – dedi, futbolchi. – U erda yaxshi murabbiylar yig'ilgan. SHuning uchun ham futbolchi sifatida “Mashal”da o'ynab kam bo'lganim yo'q. Ammo boya aytgan gapimni yana qaytaraman, rahbariyat bilan bir to'xtamga kela olmadik. Birinchi davradagi o'yinlarim yaxshi kechdi. CHukni beshta to'p kiritgandim. Ikkinchi davrada esa faqat ikkita to'p kiritdim xolos. Menimcha, ko'p narsa omadga ham bog'liq. Umid qilamanki, yangi mavsumda hamma men uchun omadli kechadi”.

FIRDAVSXON.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика