So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Mo'ydin Mamazulumov: G'alabani Ashurmatovga bag'ishladik Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: G'alabani Ashurmatovga bag'ishladik

Guliston klubi uzoq kutilgan g'alabasini qo'lga kiritdi.
Ketma-ket mag'lubiyatlar tufayli ahvolini qiyinlashtirib olgan ushbu jamoa o'z maydonida Navbahorni qabul qilib 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. 

Klubga ikkinchi davrada qo'shilgan tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ushbu uchrashuvda yana o'zini ko'rsata oldi. U jamoadagi hozirgi qiyin sharoitda ham tushkunlikka tushmasdan bor imkoniyatini ishga solib Gulistonga yordam berayotgani etiborga molikdir. U namanganliklarga qarshi bellashuvda ham o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qildi. Natijada uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. 7ta uchrashuvda 6ta gol urish bu hujumchi uchun yaxshi natija. Mamazulumovning ushbu ko'rsatgichi maqtovga loyiq desak yanglishmaymiz. Futbolchi bunday ko'rsatgichga erishayotganini murabbiyning ishonchi bilan izohladi.

-Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin Guliston qiyin ahvolga tushib qolgandi. Nihoyat Navbahor bilan uchrashuvda omad kulib boqdi. Aytingchi, g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi?

-Ayni paytda jamoamiz qiyin ahvolda turibdi. Ustiga-ustak moliyaviy tomondan ham muammolarimiz bor. Agarda Baxtiyor Ashurmatov bo'lmaganida biz ham Navbahorga qarshi maydonga tushmasligimiz mumkin edi. Jamoamiz azolari bilan bosh murabbiyga qattiq ishonishimizni, bu safar g'alaba uchun borimizni berishimizni aytib u kishini olib keldik. SHu sababli Navbahor ustidan qozonilgan g'alabamizni Ashurmatovga bag'ishlaymiz. SHuni alohida aytmoqchimanki, aynan Baxtiyor aka uchun ham namanganliklarga qarshi qo'shimcha ikki hissa kuch bilan o'ynadik. 

-O'tgan turdagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin Ashurmatov ishdan ketishini aytib istefoga chiqqandi. Lekin murabbiyning yana qaytishi jamoani yaxshigina ruhlantiribdi-da!
-SHo'rtanga 3:0 hisobida yutqazganimizdan so'ng murabbiy jaxli chiqib ishdan ketishini aytgandi. O'sha kuni biz chindan ham raqibdan bo'sh o'yin namoyish etdik. SHu bois bosh murabbiyning etirozlari asosli edi. SHu bois bor etiborimizni Navbahor bilan o'yinga qaratamiz deb Ashurmatovga so'z bergandik. Tabiiyki, so'zimizning ustidan chiqish uchun ham Navbahorni yutishimiz kerak edi.

-Guliston asosan birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatardi. Lekin ikkinchi bo'limda jismonan toliqish kuzatilganiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Natijada durang yoki g'alaba qo'ldan chiqarilardi. Lekin Navbahorga qarshi bellashuvda oxirgi daqiqalarda g'alaba to'pini kiritdinglar.
-O'zimiz uchun ham, murabbiy uchun ham maydonga chiqib bor kuchimiz bilan o'ynadik. Raqib darvozasini ishg'ol etganimizdan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Ammo ular hisobni tenglashtirishgach ikkinchi bo'limda biroz qiynaldik. Xattoki yutqazib qo'yishimiz ham hech gap emasdi. Ammo darvozabonimiz 2-3 marta qiyin vaziyatlarda jamoamizni aniq gollardan saqlab qoldi. Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytishmaydi. Ushbu uchrashuvda tarkibimizda yo'qotishlar ko'p edi. Ayniqsa, himoyada muammolar etarlicha. Lekin jamoamiz axlligini isbotlab g'alabaga erishdik.

-Ikkinchi davrada Gulistonga qo'shilib oltinchi golingiz urdingiz. Sermahsulligingiz nima bilan bog'liq?
-Birinchi navbatda o'yinchiga nisbatan murabbiyning ishonchi bo'lishi kerak. Olmaliqda to'p surgan paytimda menga doimo ishonch bildirishgani uchun bir mavsumda 10tadan kam gol urmasdim. Ammo birinchi davrada negadir Olmaliqda menga unchalik ishonishmadi. Bor yo'g'i bitta gol urdim xolos. Buning ustiga bir marta Neftchiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdim. Hes bo'lmaganda 7-8ta o'yinda asosiy tarkibda o'ynaganimda tabiiyki gollarim soni ham ko'paygan bo'lardi. Ikkinchi davrada Gulistonga keldim va hamma uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushyapman, 7ta uchrashuvda 6ta gol urdim. Imkoniyatim bo'lyapti va gol uryapman. Faqat futbolchga ishonch bildirsa bo'ldi. Mana menga Baxtiyor Ashurmatov ishonyapti, gol uryapman-ku!

-Jamoaga keliboq etakchi futbolchiga aylandingiz. Nisbatan raqobatdan holidek ko'rinyapsiz. Bu haqida nima deysiz?
-Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi deb bekorga aytishmagan. Gulistonni birinchi davrada bir qator o'yinchilar tark etishdi. Masalan Nosir Otaqo'ziev ketgach uning o'rniga keldim. SHuningdek, hujumda o'ynaydigan Alisher SHog'ulomov ham bor. Yoshlar ligasi safida to'purar bo'lib kelayotgan yosh umidli hujumchi – Dilmuhammad Xudoyberdiev ham bor. Bu erda ham o'ziga yarasha raqobat mavjud. Gulistondagi har bir futbolchining talanti bor.

-Qo'lga kiritilgan muhim g'alabadan keyin jamoa ruhiy jihatdan ko'tarilishi aniq. SHunday ekan, imkoniyat haqida nima degan bo'lardingiz?
-Birinchi navbatda Navbahorni yutish haqida o'ylagandik va bunga erishdik. Endi keyingi turda Buxoroga boramiz. U erda ham o'z o'ynimizni ko'rsatib ochko olishga harakat qilamiz.


SHuhrtabek JO'RAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика