So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  2 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  5 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  15 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  746 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  165 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Modrichning "Real"dagi davri yakuniga etmoqda. Xorvatni nimalar kutmoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Modrichning "Real"dagi davri yakuniga etmoqda. Xorvatni nimalar kutmoqda? (mutolaa uchun)

"Oltin to'p" egasining hozirgi holati haqida gaplashamiz.

Luka Modrichning Madridning "Real" klubi uchun muhimligini rad etish qiyin. Dunyoning eng zo'r yarim himoyachilaridan biri 2012 yildan beri "qirollik klubi"ga juda ko'p foyda keltirdi. Xorvat Ispaniya poytaxtidagi 13-mavsumini o'tkazmoqda – bu jiddiy ko'rsatkich. Kam sonli o'yinchilar bunchalik uzoq vaqt davomida dunyodagi eng talabchan klublaridan birida o'z o'rnini yo'qotishmaydi.

Modrich 38 yoshda. Uning holatida yoshiga qarash unchalik ham to'g'ri bo'lmaydi. Luka hozirgi paytda ham yaxshi o'ynamoqda va ko'plab jamoalar, jumladan "Real"ga yordam berishi mumkin. Ammo, "qaymoqranglilar" bir necha yil oldin yoshartirishga etibor qaratishgan va buni hisobga olish kerak. Xorvat hozirda "blankos" tarkibidagi eng qari o'yinchi hisoblanadi. Uning o'yin vaqtlari asta-sekin qisqarishini oldindan bilish qiyin emasdi. Bu tendenciya o'tgan mavsum paydo bo'lgan va joriy mavsumda ham davom etmoqda.



Modrich joriy mavsum bir o'yinda o'rtacha 40 daqiqa o'ynamoqda – bu uning faoliyatidagi eng yomon ko'rsatkich. U La Ligada atigi 3 bor asosiy tarkibda maydonga tushdi, 2ta bellashuvda esa umuman butun o'yinni zaxiradan kuzatdi. Xorvat jamoada o'yin vaqtlari bo'yicha 15-o'rinda va bu uni xursand qilmasligi mumkin. Xavbekning o'zi o'tgan yozda "Real" bilan shartnomasini uzaytirayotganda bunday holatga tayyorligini aytgandi. Ammo, u bunchalik kam o'ynashni taxmin qilmagan bo'lsa kerak.

"Qaymoqranglilar" yangi mavsumda 4-3-1-2 sxemasida o'ynashmoqda. Uch yarim himoyachi rolida maydonda odatda Toni Kroos, Federiko Valverde va Orelen CHuameni ko'rinish beradi. Modrich aynan yuqoriroqda "o'nlik"da bo'lishi mumkin edi, ammo bu joyni Jud Bellingem band qilgan. Hech kim, jumladan Lukaning o'zi ham angliyalikning yangi klub va yangi ligada bunchalik zo'r startini taxmin qilmagan. Jud deyarli har bir o'yinda samarali harakatni amalga oshirmoqda va g'alabali gollarni urmoqda – adaptaciya bir zumda o'tdi. Uni zaxira o'rindig'ida ushlashga sabab yo'q.



Modrich uchlik yarim himoyada o'ynashi mumkin va bazida shunday ham bo'lmoqda, ammo Karlo Anchelotti u erda ham boshqa o'yinchilarni afzal ko'rmoqda. Masalan, Kroosni. Nemisni ham qari futbolchilar qatoriga qo'shish mumkin, ammo u baribir xorvatdan 5 yosh kichik. CHuameni o'tgan mavsumni ishonchsizroq o'tkazdi, ammo hozirda asosiy tarkibning muntazam o'yinchisiga aylanib bormoqda. Valverde esa allaqachon bunday maqomga ega. SHuningdek o'z xohishiga qarshi chap himoyada o'ynashga majbur Eduardo Kamavinga bor.

"Real"da ko'plab markaziy yarim himoyachilar bor. Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yuborgan Dani Sebalos bor. SHuningdek ikki hujumkor xavbek – Braim Dias va Arda Gyulerni ham esdan chiqarmaslik kerak. Gyulerdan tashqari ularning har birida "Real"ning asosiy tarkibida o'ynash uchun etarli tajriba bor, ammo ularning barchasiga ham tarkibdan joy etmaydi. Modrich haqida esa nima ham deyish mumkin. Luka sifatni yo'qotmayapti, ammo yildan-yilga tezlikni yo'qotmoqda. Xorvat unda oldin bo'lgan ish ko'lamini bajara olmaydi.

Modrich qaerdadir raqobatda yutqazmoqda, qaerdadir Anchelotti o'z joyini mustahkamlash uchun yosh o'yinchilarni qo'ymoqda. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Lukaning o'yin vaqtlari sezilarli darajada qisqarayotgani fakt. Tajribali xavbek "qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirayotganda ketma-ket bir necha o'yinlarni zaxira o'rindig'ida o'tkazaman deb o'ylamagan bo'lsa kerak. U o'zining 38 yoshida o'ynash ishtiyoqida va asosiy tarkibni afzal ko'radi.



Bunday holatlarda Modrichning kelajagi haqida tobora ko'plab mish-mishlar chiqayotganida mantiq bor. Anchelotti ishonch bilan Lukaning yanvarda "Real"ni tark etmasligini aytdi. Ammo, hozirda buni tasdiqlashga erta. Xorvat hozirda yaqqol o'z holatidan norozi, yil so'nggida bu holat yomonlashishi mumkin. "Qaymoqranglilar"da hozirgi ikki turnirga Ispaniya kubogi qo'shilganini hisobga olganda rotaciya bo'ladi. Modrich o'yin amaliyoti oladi, ammo u qanday va qaysi turnirlarda bo'lishi katta savol. Masalan, xavbek "Union"ga qarshi 81 daqiqa o'ynadi, "Napoli"ga qarshi esa atigi 25.

Agar yanvarda holat Luka uchun sezilarli darajada o'zgarmasa, u "Real"dan ketishi mumkin. Agar jarohatlar bilan qiyinchiliklar bo'lmasa, "qaymoqranglilar" uni mavsumning o'rtasida qo'yib yuborishi mumkin. "Blankos"ning yarim himoyada kamchiligi yo'q. SHu sabab xavbekni so'nggi vaqtlarda MLS klublari, jumladan "Inter Mayami" bilan bog'lashmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, Lionel Messi o'zining sobiq raqibini o'z jamoadoshlari safida ko'rmoqchi. Va bunda mano bor.



"Inter Mayami"da yaxshi jamoa bor, ammo Messi yo'qligida kreativlik etishmayotganini ko'rish mumkin. Modrich jamoaning o'rta chizig'ida Serxio Buskets va yosh Benjamin Kremaski bilan yaxshi sherik bo'lardi. Ha, shuningdek "Real" etakchilaridan birining "Barselona"dagi sobiq raqibga borib qo'shilishi katta etibor jalb qiladi. Ayniqsa Lukaning Buskets bilan o'zaro harakatlari, ikki buyuk ijrochi va ko'p yillik principial raqiblarning bitta jamoada o'ynashi...

Modrichning qishda MLSga borish ehtimolini inkor qilib bo'lmaydi. Amerika klublari 31 yanvardan yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin. MLSda esa yangi mavsum fevral so'nggida boshlanadi. Xorvatda bir oy atrofida adaptaciya uchun vaqt bo'ladi va bu etarli muddat. MLSda tezlik Evropa chempionatlaridek emas, umumiy futbolchilarning darajasi ham past. Luka u erda osonlik bilan asosiy tarkibda maydonga chiqishi va jamoasi uchun muhim o'yinchi bo'lishi mumkin. Modrich tanlov qilishiga to'g'ri keladi: yana loyiha markazida bo'lish yoki sovrinlar uchun kurashni davom ettirish, ammo ikkinchi rollarda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика