Modrich: “Xorvatiya Evro-2020 ga chiqa olmasa, bu biz uchun halokatga teng bo'ladi”
25 mar 2019 09:15
Yangiliklar


Modrich: “Xorvatiya Evro-2020 ga chiqa olmasa, bu biz uchun halokatga teng bo'ladi”
Xorvatiya terma jamoasi etakchisi Luka Modrich Evro-2020 saralashida Vengriyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Xotirjam bo'lish lozim edi. SHuningdek, tezkor o'ynash ham. Biz xafamiz, bu biz uchun og'ir zarba. Birinchi qo'ng'iroq Ozarbayjonga qarshi o'yindayoq chalingandi. Ammo unda g'alaba qozonishni uddasidan chiqa olgandik. Bu esa biz uchun yangi “shok” bo'ldi. Agar shu tarzda o'ynashda davom etsak, Evro-2020 ga chiqishimizda muammolar yuzaga keladi. SHuning uchun avvalgi natijalar haqida unutishimiz kerak. Xursandchilik qilishga hozir vaqt yo'q. Hozir hech narsa bizni qoniqtirmaydi. Xorvatiya Evro-2020 ga chiqa olmasa, bu biz uchun halokatga teng bo'ladi”,—deydi Modrich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar