Modrich: "O'zimizdan ko'p narsalarni kutyapmiz"
13 iyu 2021 13:50
Yangiliklar
Modrich: "O'zimizdan ko'p narsalarni kutyapmiz"
Xorvatiya termasi futbolchisi Luka Modrich Evro-2020 doirasida Angliyaga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Terma jamoa tarkibida o'ynash - juda katta faxr. Uning uchun o'ynash har bir futbolchining ham orzusi, ham qarzi hisoblanadi. Bu katta turnirda bizdan juda ko'p narsalarni kutishmoqda. SHuningdek, o'zimiz ham yaxshi natijalarni kutyapmiz. Umid qilamanki, biz bor kuchimizni ko'rsata olamiz.
Angliya o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. SHu boisdan qiyin o'yin bo'lishini taxmin qilyapman. Ammo barchasiga tayyormiz. Bu turnirga puxta tayyorgarlik ko'rganmiz", - dedi Modrich.
Fikrlar