Modrich: "O'zimizdan ko'p narsalarni kutyapmiz"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021, 13:50
Xorvatiya termasi futbolchisi Luka Modrich Evro-2020 doirasida Angliyaga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Terma jamoa tarkibida o'ynash - juda katta faxr. Uning uchun o'ynash har bir futbolchining ham orzusi, ham qarzi hisoblanadi. Bu katta turnirda bizdan juda ko'p narsalarni kutishmoqda. Shuningdek, o'zimiz ham yaxshi natijalarni kutyapmiz. Umid qilamanki, biz bor kuchimizni ko'rsata olamiz.

Angliya o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. Shu boisdan qiyin o'yin bo'lishini taxmin qilyapman. Ammo barchasiga tayyormiz. Bu turnirga puxta tayyorgarlik ko'rganmiz", - dedi Modrich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal