Modrich faoliyatini "Real"da yakunlashni xohlamoqda
07 okt 2020 15:27
Yangiliklar
Modrich faoliyatini "Real"da yakunlashni xohlamoqda
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich professional faoliyatini Madrid klubida yakunlashni xohlaydi.
"Albatta, "Real"da qolishni xohlagan bo'lardim. Madrid - mening uyim, klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlayman. Ammo barchasi jamoadagi sheriklarim va murabbiylarimga bog'liq. Jamoaga yuk bo'lishni xohlamayman.
Oilam shahardan mamnun va faoliyatimni yakunlagandan so'ng ham shu erda qolishni xohlashadi. Agar men hozir hal qilsam, unda faoliyatimni "Real"da yakunlayman", - deydi futbolchi.
Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynaydi. 35 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar