Modrich: "Anchelotti - top-murabbiy"
26 may 2022 19:09
Yangiliklar


Modrich: "Anchelotti - top-murabbiy"
"Real Madrid"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U top-murabbiy. Futbol tarixidagi eng kuchlilardan biri. Eng ajralib turadigan jihati – uning shaxsiyati. Uning turmush tarzi, kamtarligi, odamlarga munosabati, futbolchilarga qayg'urishi, ular bilan har doim muloqot qilishi... bu Karloning eng yaxshi tomoni.
Va, albatta, u bizdagi shunday yaxshi muhit sababchisidir, unga rahmat. Umid qilamanki, ushbu mavsum juda zo'r yakunlanadi va bu uning sharofati bilan bo'ladi”, – dedi Modrich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar