Modrich 11 yil ichida ilk marta ketma-ket ikki o'yinda zaxirada qoldirildi
01 okt 2023 15:32
Yangiliklar
Modrich 11 yil ichida ilk marta ketma-ket ikki o'yinda zaxirada qoldirildi
11 yil ichida ilk marta Luka Modrich "Real" tarkibida ketma-ket ikki o'yinda maydonga tushmadi.
38 yoshli futbolchi LaLiga doirasida "Atletiko" bilan o'yinning tanaffusida zaxiraga olinganidan keyin "Las-Palmas" hamda "Jirona"ga qarshi bahslarda ishtirok etmadi.
As xabariga ko'ra, Modrich 11 yil ichida ilk marta jarohat va diskvalifikaciyasiz holatda ketma-ket ikki o'yinda maydonga tushirilmadi. So'nggi marta bunday holat 2012 yilda bo'lgan va o'shanda Joze Mourinyu uni "Ayaks" va "Barselona"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushirmagandi.
Modrich ushbu mavsumda "Real" tarkibida barcha turnirlarda 7 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar