Modest "Al Ahli" bilan muzokaralar o'tkazayotganini tasdiqladi
09 sen 2023 15:46
Yangiliklar


Modest "Al Ahli" bilan muzokaralar o'tkazayotganini tasdiqladi
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq hujumchisi Antoni Modest faoliyatini "Al Ahli"da davom ettirishi mumkin.
Afrika CHempionlar Ligasi g'olibi 35 yoshli franciyalik futbolchini tekinga qo'lga kiritishga yaqin turibdi.
"Ha, "Al Ahli" menga qiziqmoqda. Agar taklif tushsa, muzokaralar qanday kechishini ko'rishim kerak. Yaxshiyamki, har doim takliflar bo'ladi, lekin ular ham menga mos kelishi kerak", – dedi Modest.
Modest 1 iyul kuni Dortmundning "Borussiya"si bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi. Hozirda u Kyolnda yashaydi va to'rtinchi divizionning "Fortuna Kyoln" jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda. Yozda u Turkiyadan va Ikkinchi Bundesligadan kelgan takliflarni rad etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar