Mochinov jamoasi kecha yana yutqazdi
21 avg 2014 12:38
Yangiliklar
Mochinov jamoasi kecha yana yutqazdi
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston (U-16) terma jamoasi kecha Toshkentdagi oxirgi nazorat bahsini o'tkazdi.
“Bunyodkor” o'rinbosarlari bilan kechgan bellashuvda Aleksandr Mochinov shogirdlari 1:2 hisobida mag'lub bo'lishdi. O'yinda o'smirlarimiz safida Islom Kenjaboev gol muallifi bo'ldi. SHunday qilib 1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamizning Toshkentdagi yig'ini yakuniga etdi.
Endi futbolchilar 24 avgust kuni Malayziyaga yo'l olishadi. U erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgach, Osiyo chempionatida qatnashish uchun Tailandga jo'nab ketiladi. O'smirlarimiz “C” guruhida Nepal, KXDR va Quvaytga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar