Mochinov “Oq-tepa”dan nima uchun ketdi?
13 iyu 2014 16:55
Yangiliklar
Mochinov “Oq-tepa”dan nima uchun ketdi?
Aleksandr Mochinovning “Oq-tepa” bosh murabbiyligidan ketishi kutilmagan yangilik bo'ldi.
Kecha klub rasmiy saytida “Oq-tepa” Mochinov bilan do'stona xayrlashdi” degan xabar chiqdi. Xabarda yozilishicha, Mochinovning o'zi istefo so'rab rahbariyatga murojaat qilgan, ammo nega ayni mavsum qizigan bir paytda istefoga chiqishining sababi keltirilmagan.
Yil boshida “Oq-tepa” futbol klubi o'z bazasida OAV uchun taqdimot marosimini o'tkazgan, yangi mavsumga bag'ishlab tashkil qilingan matbuot anjumaniga men ham borgandim. O'shanda klub rahbari G'anisher aka SHog'ulomov “Oq-tepa”ning bu yilgi rejalari haqida to'xtalib, “Maqsadimiz - oliy ligaga chiqish” degandi. Bu gapni boshqalar, jumladan bosh murabbiy Aleksandr Mochinov ham tasdiqlagandi.
“Oq-tepa” birinchilikni yaxshi boshladi. Jamoa ayni paytda o'tkazilgan 13ta o'yindan so'ng 28 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. “Oq-tepa”ni bemalol ikkinchi bosqichga chiqib bo'ldi desak bo'ladi. Malumki, birinchi liganing ikkinchi bosqichida “G'arb” bilan “SHarq” birlashganidan keyin kurash yanada qiziydi. Oliy ligaga chiqish uchun keskin raqobat boshlanadi. Yaqqol favorit “SHo'rtan” paydo bo'ladi. Tabiiyki bunday paytda “Oq-tepa”ga yaxshi murabbiy kerak bo'ladi. Agar Mochinov oxirigacha qolganida jamoani oliy ligaga olib chiqishi mumkin edi, lekin u kishi to'satdan ketib qoldi.
Endi savol tug'iladi: hammasi yaxshi ketayotgan bir paytda nima uchun bosh murabbiy o'z xohishiga ko'ra istefo berishni maqul ko'rdi? Kubokda “Paxtakor”dan uchralgan alamli mag'lubiyat uchunmi? O'yinni borib ko'rgan jurnalist sifatida shuni aytishim mumkin, shu kuni Mochinov yutqazgani yo'q, balki “Paxtakor” yutdi. Jamoaviy o'yini va futbolchilarining kuchliligi evaziga “Paxtakor” 7:1 hisobida g'alaba qozondi. Qolaversa, oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan jamoadan bunday hisobda engilish birinchi liga vakili uchun ko'p ham vahima qiladigan narsa hisoblanmaydi.
Muhimi, “Oqtepa” birinchi ligada yaxshi ishtirok etmoqda va bizga malum bo'lishicha, rahbariyatning bosh murabbiydan ko'ngli to'q edi, futbolchilar ham bu murabbiy bilan bemalol ishlashayotgandi. Biroq Mochinov kutilmaganda ketishga qaror qildi. Bazan o'ylanib qolasan, ehtimol ishdan bo'shashning biror sababi bordir. Va istefoning sababi bizni negadir “Bunyodkor” tomonlarga etaklayapti. Yaxshi bilasiz, yaqinda “Bunyodkor”ni Sergey Lushan qabul qilib oldi va katta ehtimol bilan davralar oralig'ida murabbiylar shtabini yangilab chiqadi. Bu hozircha taxmin, xolos. Agar klub rahbariyati Lushanga oxirigacha ishlash imkonini beradigan bo'lsa, Sergey Ivanovich murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Hikmat Ergashev, Murod Otajonov singari murabbiylar bilan boshqa ishlamasligi mumkin.
Keyin esa murabbiylar shtabini yangilashga to'g'ri keladi va buning uchun birinchi raqamli nomzodlardan biri Aleksandr Mochinov. Mochinov o'tgan yil “Bunyodkor” o'rinbosarlarini shug'ullantirdi va jamoadagi muhitni yaxshi biladi. Qolaversa, u Lushan bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari, Sergey Lushanning nisbatan yosh murabbiy ekanligini inobatga olsak, atrofiga o'zi kabi yosh murabbiylarni yig'ishga harakat qilishi turgan gap. CHunki o'zbekchilikda o'zidan kattaga ish buyurgandan ko'ra, o'zidan kichikka ish buyurgan maqul.
Mochinovning murabbiylik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, nimagadir bu murabbiy tez-tez g'alati qarorlarni qabul qilib yuradi. Etibor bering, u futbolni tugatgach, “Oq-tepa”da ish boshladi. Klub uni ish bilan taminladi, hatto kerakli licenziya uchun o'qitdi ham. Keyin nimadir bo'ldi-yu, yosh murabbiy “Bunyodkor”ga o'tib ketdi. “Oq-tepa” esa bir amallab o'z kunini ko'rib yuraverdi. O'tgan yil “Bunyodkor” bilan yoshlar ligasida chempion bo'lgan murabbiy bu yildan yana “Oq-tepa”ga qaytdi. Hammasi yaxshi ketayotgan bir paytda jimgina yana klubdan ketdi. Endi bo'lsa, oliy liganing birinchi davrasidan keyin “Bunyodkor” murabbiylar shtabiga qo'shilishi kutilmoqda.
Mochinov ikkinchi davradan Sergey Lushanga yordam beradi ham deylik. Bu bilan “Bunyodkor” o'z murabbiylar shtabini yangilab olgan bo'ladi, Lekin “Oq-tepa”-chi? Klub oldiga qo'yilgan vazifa nima bo'ladi? Yoki Mochinov “Oq-tepa”ning oliy ligaga chiqa olmasligini his qilib issig'ida ketishni maqul ko'rdimi? Yoki bo'lmasa chiqqani bilan elitada o'ynash-o'ynamasligi nomalum bo'lib qoladi degan o'yga bordimi? Agar Mochinov “Bunyodkor”ga qaytish fikrida bo'lsa, balki o'zi uchun to'g'ri qilishi mumkin, har holda oliy liga jamoasi, chempionlik uchun kurashadigan klub, mukammal sharoit, yaxshigina maosh, qayoqdagi dala maydonlarga borib futbol o'ynamaysan deganlaridek. Naqadar mazza to'g'rimi?
Ammo “Oq-tepa” bilan tuzilgan shartnoma-chi? Bugun bu murabbiy indamay ketaversa, ertaga unisi natija uchun javob bermayman deb turib olsa, unda professionallik qayoqda qoladi? Yuqori malakali mutaxassislarimiz murabbiylarni nima uchun o'qitishyapti? Qaerdan yaxshi taklif tushsa o'sha joyga kanadek yopishib olish uchunmi yoki bir erda ko'proq muddat mehnat qilib o'zidan iz qoldirish uchunmi? Xullas, nimalar bo'layotganini tushunmadik. O'ylaymizki, yaqin bir-ikki hafta ichida ko'p narsaga oydinlik kiritiladi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar