So’nggi yangiliklar

16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  2 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5

MMM - Mendan "Milan"ga maktub... Yangiliklar

MMM - Mendan "Milan"ga maktub...

Teglar :  Milan
Qaytish vaqti etdi

Sening qaytishingni qanchalar kutdim-a! Kutish ham ayriliqning egizagi ekan. 

Mavsum avvalida sening qaytishingga ko'p umid bog'lagandim. Zero, hammasiga amalga oshirgan xaridlaring sabab bo'ldi. Mana bir necha o'yindirki, umidimning ro'yobini ko'rayotgandek edim (hali ham shunday). Ammo kecha sening so'nggi yillardagi holatingga tushib borayotgandek tasavvur uyg'otayotgan Arsen boboning "Arsenali"ga yutqazib qo'yding! Mayli, oldinda javob uchrashuvi bor dersan. To'g'ri, bir necha yil avval "Deportivo"ni qanday ahvolga solganing hamon ko'z oldimda! Javob o'yinida ham o'sha holat qaytarilishidan umidvorman.



Gattuzo, Istanbuldagi final esingda bo'lsa kerak-a!? O'sha kecha yutqazgan bo'lsang ham futbol bilan qorishgan hayotimga unutilmas xotirani joylagan eding. Hamon o'sha xotira bilan yashayapman. Bo'ldi, bas, etar! Sening qaytadigan payting keldi! "Real" va "Barsa" muxlislarini keragidan ortiq xursand qildi. Endi, sening navbating! Etar, ularga shuncha imkon berding! Vaqting etdi. Gattuzo maydonda sherdek eding, "Milan"ni ham endi sherga aylantir. Jennaro, atrofga qara Gvardiola va Zidan Evropa futbolini nimalar qilib tashlamoqda. Bir vaqtlar Karlo ota bilan Evropa futbolining qirollari bo'lganing yodingda bo'lsa kerak. Yodingda bo'lsa, nima qilishni bilasan-a!? Sendan umidim katta.



Kutrone senga gapiraman, Suso sen ham eshit! Kutrone Oltin to'pning so'nggi erlik egasi Kakani tanisang kerak-a? Agar uni bilmasang, bilib qo'y! Kaka Messi va Ronalduni 10 yil oldin Oltin to'pdan mosuvo qila olgan "Milan"ning shahzodasi edi. Sening vaqting keldi. Sen ham Kaka 10 yil oldin qilgan ishni amalga oshirishing shart. Muxlislar qachon yana yangi erlik kelib, o'zga sayyoraliklar jangiga barham berishini intizor bo'lib kutmoqda.



Donarumma mavsum boshida "Dollarrumma" bo'lishdan voz kechganingda, senga bo'lgan hurmatim oshdi. Endi adashing Jiji Buffon cingari jamoaning haqiqiy yarmiga aylan! Jamoaga ustun bo'l! Jamoaga suyanch bo'l!



Gapirsam gap ko'p, tugamaydi. Maktubimning so'nggi so'zlari Xoqon, senga! Xoqon nomingga munosib bo'ladigan vaqt allaqachon kelgan! Xoqon CHalxano'g'lu, sen bu maktubimni "Arsenal" bilan javob o'yinidan avval sheriklaringa o'qib ber! Zero, turk bilan o'zbek gaplashganda tarjimonga hojat bo'lmasligini jamoadoshlaring ham bilsin! Qaytish vaqti etdi...



Aziz muxlis, siz ham uning qaytishini sog'indingizmi?

Muallif :
Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика