MLS Kubogi finali. Beylning 120+8-daqiqadagi goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi va chempion penaltilar seriyasida aniqlandi
06 noy 2022 07:40
Yangiliklar


MLS Kubogi finali. Beylning 120+8-daqiqadagi goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqardi va chempion penaltilar seriyasida aniqlandi
MLS Kubogi finalida “Filadelfiya Yunion” hamda “Los-Anjeles FK” o'zaro to'qnash keldi.
Uchrashuvning asosiy bo'limida 2:2 hisobi qayd etildi. 120+4-daqiqada Jek Elliot raqib darvozasini ishg'ol etib, “Filadelfiya Yunion”ga g'alaba keltirishga yaqindek ko'ringandi. Ammo zaxiradan o'yinga qo'shilgan Garet Beyl 120+8-daqiqada Diego Palasiosning qanotdan uzatgan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. SHu tariqa, g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda “Los-Anjeles FK” omadli chiqdi va 3:0 hisobida zafar quchib, bosh sovrin egasiga aylandi.
Avvalroq, Karlos Vela, Jorjio Kellini, Garet Beyl va Kristian Telo kabi ko'pchilikka tanish futbolchilar ega jamoa MLS mavsumiy turniri g'olibligini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar