MLS 36-tur prevyusi. Zlatan jamoasi Koloradoda mehmon
11 sen 2019 21:30
Yangiliklar


MLS 36-tur prevyusi. Zlatan jamoasi Koloradoda mehmon
"Nyu-York Siti" "Toronto" qarama-qarshiligi
Ushbu turda musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar o'zaro bahs olib boradi. "Toronto" g'alaba orqali, "Di Si Yunayted"ni quvib etishi mumkin bo'lsa, nyu-yorkliklar 1-o'rinni mustahkamlab olish imkoniyatiga egalar.
New York City FC Alexandru Mitrita - 6' |
Major League Soccer . 1-tur 12/09/2019, 05:10 1
:
1
Tugadi
|
Toronto FC Alejandro Pozuelo - 40' |
Stadion: Yankee Stadium
Etakchi va autsayder jangi
SHarqiy mintaqada so'nggi pog'onalardan birini band etib turgan "Xyuston Dinamo" 3-o'rindagi "Minnesota" bilan o'ynaydi. Mezbonlarga ayni paytda uch ochko suv va havodek zarur va ular qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun bor kuchlarini safarbar etishadi. "Minnesota" esa chempionlikka davogarlik qilmoqda.
Houston Dynamo FC Mauro Manotas - 37', Christian Ramirez - 44' |
Major League Soccer . 1-tur 12/09/2019, 06:40 0
:
2
Tugadi
|
Minnesota United |
Stadion: BBVA Stadium
"Kolorado" "Los Anjeles Gelaksi"ga qarshi
Dunyoning mashhur forvardlaridan biri jahongashta Zlatan Ibragimovich jamoasi bu turda "Kolorado" mehmoni bo'ladi. "La Gelaksi" kuchli uchlikka kirish imkoniyatini saqlab turibdi. Mezbonlar esa quyi zonadan uzoqlashib olish uchun kurashishmoqda. Ibra faoliyati davomida ko'plab kuchli kiperlarni ranjitgan. Ko'ramiz, u Tim Xovard darvozasiga yo'l topa olarmikin.
Colorado Rapids Cole Bassett - 79', Nicolas Mezquida - 85' |
Major League Soccer . 1-tur 12/09/2019, 07:10 1
:
2
Tugadi
|
LA Galaxy Giancarlo Gonzalez - 82' |
Stadion: Dick's Sporting Goods Park
Sovrinli o'rinlar uchun kurash
Turnir jadvalida 43 ochko jamg'argan holda, 6-pog'onani egallab turgan "Real Solt-Leyk" o'z maydonida "San-Xose"ni qabul qiladi. Mehmonlarning ochkolari soni 44 ta va ular 4-o'rinda. Ko'rinib turibdiki, ikkala jamoa ham faqat g'alaba ilinjida maydonga tushishadi. Muhlis-u mutahassislar tomonidan turning bezagiga aylanadigan bahs bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Real Salt Lake Damir Kreilach - 75' |
Major League Soccer . 1-tur 12/09/2019, 07:40 0
:
1
Tugadi
|
San Jose Earthquakes |
Stadion: Rio Tinto Stadium
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar