"Mixed zone". Umarjon SHaripov: "O'zbekistondagi turnirda tashkilotchilik tomondan muammolar bo'lmadi"
10 iyu 2022 15:03
Yangiliklar
"Mixed zone". Umarjon SHaripov: "O'zbekistondagi turnirda tashkilotchilik tomondan muammolar bo'lmadi"
U-23 Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Yaponiya U-23 – Tojikiston U-23 (3:0) uchrashuvidan so'ng intervyular davom etadi.
Tojikiston U-23 futbolchisi Umarjon SHaripov kecha o'yindan so'ng mikst-zonada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Stadiondagi kam sonli muxlislarimizga oxirigacha qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Musobaqaga tayyorgarligimiz yomon bo'lmagandi. Nima ham derdim, navbatdagi turnirlarga yanada yaxshiroq hozirlik ko'ramiz. O'zbekistonda o'tayotgan turnir tashkilotchilari yaxshi ishlashmoqda. Hamma tomonlama qarashmoqda. Muammo bo'lmadi.
Ha, "Turon"da o'ynagandim. Lekin jarohatlarim pand bergandi. Xudo xohlasa yana O'zbekiston chempionatida o'ynash niyatim yo'q emas. Fursatdan foydalanib klub muxlislariga salomimni yo'llab qolaman",- deydi Umarjon SHaripov.
Fikrlar