Misrda U-20 Arab Kubogi tashkil etiladi. Unda Tojikiston yoshlar termasi ham qatnashadi
31 may 2021 16:04
Yangiliklar
Misrda U-20 Arab Kubogi tashkil etiladi. Unda Tojikiston yoshlar termasi ham qatnashadi
Ushbu musobaqa Arab futbol associaciyalari birlashmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Musobaqa shu yilning 20 iyun - 6 iyul kunlari Misrda bo'lib o'tadi. Qizig'i shundaki, mazkur turnirda arab davlatlari yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. SHuningdek, mehmon sifatida Tojikiston U-20 terma jamoasi ham taklif etilgan.
Qura natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:
"A" guruhi - Misr, Niger Respublikasi, Mavritaniya, Jazoir.
"B" guruhi - Marokash, Tojikiston, BAA, Djibuti.
"C" guruhi - Senegal, Livan, Iroq, Komoros.
"D" guruhi - Tunis, Yaman, Saudiya Arabistoni (guruhdagi to'rtinchi jamoa kim bo'lishi keyinroq malum qilinadi).
2020 yilgi U-20 Arab Kubogi Saudiya Arabistonida o'tkazilgan bo'lib, Senegal yoshlar terma jamoasi finalda Tunis yoshlarini 1:0 hisobida mag'lub etib chempionlik qo'lga kiritgandi. Bu yilgi musobaqaga 20 iyun kuni Misr va Niger Respublikasi o'yini bilan start beriladi.
Fikrlar