Misr terma jamoasi murabbiyi: "Saloh sovrin yutmasa, "Liverpul"ni tark etadi"
22 noy 2018 11:43
Yangiliklar


Misr terma jamoasi murabbiyi: "Saloh sovrin yutmasa, "Liverpul"ni tark etadi"
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre so'zlariga ko'ra, "Liverpul"ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh joriy mavsum sovrin yutmasa jamoani tark etishi mumkin.
"Saloh agar "Liverpul" bilan sovrin yutmasa, kelasi mavsum boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Yurgen Klopp buni tushunib turibdi, shu sababli jamoa sovrin qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga solmoqda" - deydi Agirre.
Saloh 2017 yilda "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Misrlik futbolchi o'tgan mavsum ingliz jamoasi bilan CHempionlar ligasi finaligacha bordi va hal qiluvchi bahsda "Real"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar