Misr olimpiya terma jamoasi sardori BAA klubiga o'tdi
31 iyu 2024 01:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/797668_original.jpg)
![](/upload/storage/797668_220.jpg)
Misr olimpiya terma jamoasi sardori BAA klubiga o'tdi
Misr bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etayotgan Muhammad El Neni Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Jazira" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi. Ayni damda Misr tarkibida Olimpiya o'yinlarida ishtirok etayotgan "Arsenal"ning 32 yoshli sobiq futbolchisi erkin agent maqomida "Al Jazira" ixtiyoriga borib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, Misr musobaqaning "C" guruhida Ispaniya, Dominikan Respublikasi va O'zbekistonni ortda qoldirib, guruh etakchisi sifatida pley-offga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar