PSJ Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Iskandarov Abdulaziz
9 may 2026, 08:40
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan yangi bitim imzolash arafasida turibdi.

Bu haqda insayder va jurnalist Ben Jeykobs o'z "X" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning takidlashicha, 56 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan tuziladigan yangi kelishuv to'rt yilga mo'ljallanadi. Hozirda klub bor e'tiborini Fransiya chempionati va Chempionlar Ligasidagi g'alabaga qaratgani bois, ushbu kelishuvni rasman e'lon qilishga shoshilmayapti. PSJ rahbariyati shartnoma mavsum yakunlanganidan keyin imzolanishiga ham xotirjam munosabatda ekani aytilmoqda, chunki tomonlar allaqachon o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan.

Luis Enrikening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis 2023 yildan buyon PSJni boshqarib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u Chempionlar Ligasida zafar quchdi, ikki karra Fransiya chempioni va mamlakat Kubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, uning hisobida uchta Fransiya Superkubogi, bittadan UEFA Superkubogi va Qitalararo kubok mavjud.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif