Misr olimpiya terma jamoasi azolari yurtimizga etib kelishdi
07 iyu 2019 08:16
Yangiliklar


Misr olimpiya terma jamoasi azolari yurtimizga etib kelishdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 9 va 11 iyun kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolari misrlik tengdoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishadi.
Mazkur o'rtoqlik o'yinlari Andijon va Namangan shaharlarida bo'lib o'tadi. Ana shu o'yinlarda ishtirok etish uchun Misr olimpiya terma jamoasi azolari 6 iyun kuni poytaxtimizga etib kelishdi.
Ular poytaxtimizdagi "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Misrlik futbolchilar bugun Toshkentda mashg'ulot o'tkazishadi. 8 iyun kuni erta tongda Andijon sari yo'l olishadi. O'zbekiston OTJ va Misr OTJ o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini 9 iyun kuni Andijondagi "Sog'lom avlod" o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar