So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Misoli svetofor... halollik uchun yashil berildi Yangiliklar

Misoli svetofor... halollik uchun yashil berildi

Endi futbolda sariq va qizil yoniga yashil ham qo'shildi. Aynan shu rangdagi kartochka Italiya V seriyasi o'yini paytida ilk bor qo'llandi.

2016 yilning oktyabriga qadar Vichencaning 25 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Kristian Galanoning faoliyati oddiy davom etayotgandi. Baridagi besh mavsum, Gubbioga ijaraga berilishi va 2015 yili Vichencaga ko'chib o'tish: V seriyada 165ta o'yin, 27ta gol va 22ta golli uzatma - shu, xolos. Ehtimol, Italiyaning o'smirlar termalarida o'ynagani bilan maqtana olar... Ammo shunisi aniqki, ushbu oyda Kristian futbol tarixiga o'z nomini yozdirgani aniq: u yashil kartochka olgan dast-labki o'yinchiga aylandi.

Ko'pchilikning diqqatini tortgan voqea V seriyaning Virtus va Vichenca klublari o'rtasidagi uchrashuvi paytida sodir bo'ldi. Galanoning raqiblar darvozasi tomon yo'llagan zarbasidan so'ng o'yinni boshqarib borgan hakam Marko Maynardi mezbonlar jarima maydonchasi yaqinida burchak to'pi tepilishi haqida qaror chiqardi. Referining fikricha, to'p himoyalanayotgan jamoa azolaridan birining oyog'iga tekkan edi. Biroq mehmonlar vakili haqiqatni oshkor etdi: u noaniq zarba yo'llagan, to'p hech kimga tegmagan ekan. Aynan shu holat tufayli Maynardi o'yinchini yashil bilan taqdirladi.

Umuman olganda, o'sha pallada Vichenca 1:2 hisobida yutqazayotgan, demak mazkur standart vaziyatdan unumli foydalanish mumkin edi. Biroq Kristian vijdon amriga bo'ysundi. Uchrashuv yakuniga qadar Virtus yana ikkita gol urdi.

- Ezgu amallar tarafdoriman, o'ylashimcha, qandaydir g'ayritabiiy harakat qilmadim. Qalbimga quloq tutdim, bu oddiy hol. Halollik va kamtarlikni birinchi o'ringa qo'yaman - maydonda ham, uning tashqarisida ham. Ijobiy natijani o'zgalar xatosi tufayli emas, balki o'z mehnatimiz evaziga qo'lga kiritishimiz maqsadga muvofiq, - dedi Galano vaziyatga izoh berarkan.

Yashil kartochkani futbol maydonidagi halol va principial harakatlar uchun o'ziga xos rag'bat sifatida qabul qilish mumkin. Joriy mavsumdan boshlab V seriyada qo'llanilayotgan yashilni avvalroq Italiyadagi o'smirlar musobaqalarida sinovdan o'tkazilgandi. Aftidan, ko'pchilikka yoqib qolgandek. Aslida, Maynardi cho'ntagidan yashil kartochka chiqarmadi. CHunki u ramziy mano kasb etib, futbolchining ushbu rag'batga ega bo'lgani uchrashuv yakunlangach, qaydnomaga kiritiladi, xolos.

- Ayrimlar yashil kartochkani haqiqatan ko'rsatiladi, deb o'ylashadi. U shunchaki, ramziy ahamiyatga ega, aks holda, futbol qoidalariga o'zgartirish kiritishga to'g'ri keladi. Bu bizning etika qo'mitamiz tashabbusi. Ushbu kartochka oddiy emas, balki o'ziga xos harakatlar uchun taqdim etiladi. Misol uchun, kimdir jarohat olsa-yu, hujum qilayotgan futbolchi maydondan to'pni ataylab chiqarib yuborsa, yashilga loyiq ko'riladi. Mazkur yangilik orqali o'yin paytida o'zaro hurmatni mustahkamlash, haqiqatni qaror toptirishni maqsad qilganmiz, - dedi V seriya prezidenti Andrea Abodi.

Italiya futboli so'nggi yillarda turli mojarolardan aziyat chekkanini inobatga olsak, grin-kardning qo'llanishi obro'ni qaytarishda as-qotishi mumkin. Mahalliy federaciya mutasaddilari bu kabi yurish orqali chempionat qiyofasini o'zgartirish, turnir ishtirokchilari va ishqibozlarga ibrat ko'rsatishni maqsad qilishgan. Rejaga ko'ra, mavsum yakunida feyr-pley qoidalariga amal qilgan eng yaxshilar ro'yxati tuzib chiqiladi va g'olib maxsus sovringa ega bo'ladi.

Umuman olganda, yashil kartochka ananaviy sariq va qizil safini to'ldirish bo'yicha yagona nomzod emas. Xususan, UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini oq kartochka ishlatish taklifi bilan chiqqandi. Uni qo'llash orqali futbolchini 10 daqiqaga maydondan chetlatish ko'zda tutilgan, aybdor xuddi xokkeyda bo'lgani singari jarima o'rindig'idan joy olardi. Italiyaning boshqa bir vakili, afsonaviy hakam Perluiji Kollina esa lolarang kartochkaga asos solishni tavsiya qilgandi. Uning ham mohiyati bir - qoidabuzarni malum muddatga maydondan chetlatish. To'g'ri, keyinchalik xalqaro qo'mita bu rangni maqullamagach, Kollina shunchaki, Platinining taklifini bayon etganini bildirgandi:

- Hech qachon futbolda lolarang kartochka qo'llashni yoqlamaganman, - dedi mashhur hakam. - Binobarin, u millionlar o'yinidagi ayrim muammolarni hal etishda asqotishi mumkin: jumladan, sariq etarli bo'lmay, qizil haddan ziyod jiddiy jazodek ko'ringan pallalarda.

Yana bir original fikr portugaliyalik amaldor Ruy Mansiodan chiqqan - maydonda aytilgan nojo'ya gap-so'z uchun moviy rangdagi kartochka ko'rsatish. Albatta, aksariyat chempionatlar uchun bu ortiqchalik qilmasdi. G'oya muallifining fikricha, ikkita moviy avtomatik tarzda sariqqa aylanishi kerak edi. Mansioning taklifi mintaqaviy darajada tajribadan o'tkazildi, ammo uning professional ligalarga ko'chishi amalga oshmaydigandek.

Halol o'yin uchun kurashga to'xtaladigan bo'lsak, tabiiyki, yashil kartochka UEFA va federaciyalarning maydondagi o'zaro hurmatni taminlash maqsadida kiritgan ilk yangiligi emas. Ayni masalada eng mashhur kashfiyot sifatida Evropa klublariga mo'ljallangan, 1993|1994 yillar mavsumidan etiboran qo'llay boshlangan feyr-pley reytingini ko'rsatish mumkin. Bu erda ogohlantirishlar soni va chetlatishlardan tortib, o'yin tomoshabopligigacha bo'lgan turli omillar inobatga olingan. Hisob-kitoblar natijasiga ko'ra, yuqori reytingga ega uchta associaciyaga Evropa Ligasi (sobiq UEFA Kubogi)ning dastlabki kvalifikacion raundida bittadan qo'shimcha o'rin berilgan. Biroq 2015|2016 yillar mavsumidan yangi reglament kuchga kirdi. Endilikda feyr-pley reytingi g'oliblari evrokuboklarga yo'llanma olmay, faqat pul mukofoti bilan kifoyalanishadi.

FEYR-PLEYGA TAALLUQLI VOQEALAR

*** 1960 yili Braziliyada, Fluminensega qarshi bahsda himoyachi Pineyro mushaklaridagi og'riq tufayli maydonga yiqiladi. Ayni shu pallada Garincha gol urish uchun o'ta qulay vaziyatga chiqib borayotgandi. Biroq raqibining erda yotganini ko'rib, to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Flu himoyachisi Altair mazkur holatda xuddi shunday harakat bilan javob qaytarish lozimligini tushundi: aut amalga oshirilgach, to'p maydon chetiga chiqarib yuborildi.

*** Yana bir qiziq voqea Liverpul forvardi Robbi Fauler ishtirokida ro'y bergan. Arsenalga qarshi bahsda uchrashuv hakami Jerald Eshbi to'pchilar posboni Devid Simenni qoida buzganlikda ayblab, uning darvozasi tomon penalti belgiladi. Biroq Robbi kiper unga tegmaganini aytib, referini qaroridan qaytarishga urindi. Biroq hakam o'z fikrida qatiy qoldi. Aytishlaricha, o'shanda Fauler nuqtaga yaqinlashishdan oldin Simenni qaysi tarafni mo'ljalga olishi haqida ogohlantirgan. O'yin Liverpulning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan xotima topgan, FIFA esa 1996|1997 yillar mavsumi yakuniga ko'ra, Faulerga feyr-pley sovrinini topshirgandi.

*** Agar ushbu voqea ro'y bermaganida Italiya chempionatidagi Milan-Palermo o'yini etiborga molik jihatlari bilan ajralib turmaydigan oddiy uchrashuv sifatida baholanardi. Gap shundaki, vaziyatlarning birida hakamning qoidabuzarlikka yo'l qo'-yilganini ko'rsatishi Massimo Ambrozinining hayratiga sabab bo'ldi. SHunda referi uning yoniga kelib, Qo'pollik ishlatilmadimi? deb so'radi. Rossoneri azosi tasdiq manosida bosh chayqagach, to'p Palermo o'yinchilariga qaytarilgan.

*** Boshqa bir italiyalik futbolchi De Rossi raqib darvozasini qo'llari yordamida ishg'ol qilganini tan olgan.

*** Ayaks klubi 2005|2006 yillar mavsumida o'tkazilgan Gollandiya kubogi musobaqasida Kambyuyur bilan bellashgandi. Vaziyatlarning birida amsterdamliklar vakili jarohat olgach, raqib jamoa futbolchilari to'pni atayin maydondan tash­qariga chiqarib yuborishgan. Ammo poytaxt klubi o'yinchisi to'pni raqibga qaytarish chog'ida tasodifiy gol muallifiga aylangan. Holatni to'g'ri anglagan Ayaks futbolchilari Kambyuyur vakillariga to'p kiritish imkoniyatini yaratib berishdi.

*** 1998|1999 yillar mavsumida Arsen Venger ham xuddi shunday mukofotga ega chiqqan: SHeffild Yunaytedga qarshi kechgan bahsdagi g'alaba uning tashabbusi bilan bekor qilingandi. Malum bo'lishicha, sheffildliklar posboni o'yinchilardan biri jarohatlanganini ko'rgach, to'pni maydon chetiga chiqarib yuborgan. Uchrashuv davom ettirilgach, kanonirlar vakili Rey Parlor to'pni raqiblar darvozaboniga qaytargan, biroq kutilmaganda vaziyatga Arsenalning ikki azosi aralashishgan. Nigeriyalik Nvankvo Kanu to'pni egallab, uni Mark Overmarsga oshirgach, gollandiyalik futbolchi to'pni to'rga aniq yo'llagan. Hakam ushbu golni inobatga olishga majbur bo'lgan: yakuniy hisob - 2:1, to'pchilar foydasiga. Keyinroq Arsen Venger mazkur bahsning qaytadan o'tkazilishini so'ragach, FIFA uning talabini qondirgan.

O'tkirbek UMAROV tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика