

Ushbu kartochka "Vichenca" futbolchisi Kristian Galanoga ko'rsatildi. Ushbu vaziyatda hakam "Virtus" darvozasi yaqinida burchak zarbasi tepish lozimligini ko'rsatgandi. Biroq, futbolchi raqiblar to'pga tegmaganliklarini hakamga ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, 2016/2017 yilgi mavsum boshlanishi oldidan Italiya B Seriyasida yashil kartochkalar haqidagi qaror kuchga kirdi. Bunday kartochkalar maydonda halol va erkaklarcha o'yin namoyish etgan futbolchilarni rag'batlantirish maqsadida ko'rsatiladi.



