"Al Nassr" Ronaldusiz "Ar Riyod"ni mag'lub etdi va peshqadamga aylandi
02 fev 22:20
Yangiliklar
"Al Nassr" Ronaldusiz "Ar Riyod"ni mag'lub etdi va peshqadamga aylandi
"Shahzoda Feysal bin Fadx" stadionida kechgan bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 40-daqiqada Sadio Mane tomonidan kiritildi. Unga portugaliyalik yulduz Joau Feliks golli uzatmani etkazib berdi. Etiborli jihati shundaki, jamoa sardori Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda ilk bor chempionat o'yini qaydnomasiga kiritilmadi. Avvalroq, Ronaldu klubning transfer siyosatidan norozi bo'lib, o'yinlarga boykot elon qilish bilan tahdid qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ar Riyod": 82. Milan Boryan (D), 7. O. Al Boardi, 23. M. Al Xaybari, 5. Yoan Barbe, 80. A. Al Xaybari (S), 19. Ismael Soro, 4. S. Gonsales, 35. A. Al Siyahi, 10. T. Oku, 99. S. Harun, 20. Toze.
"Al Nassr": 24. Bentu (D), 2. Sulton Al G'annam (S), 3. Muhammad Simakan, 26. Inigo Martines, 96. S. Al Nasser, 10. Sadio Mane, 20. Anjelo, 19. Ali Al Hassan, 23. Ayman Yahyo, 79. Joau Feliks, 29. Abdurahmon G'arib.
Ushbu g'alabadan so'ng "Al Nasr" ochkolari sonini 46 taga etkazib oldi va turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarildi. Ayni damda ular zaxirasida bitta o'yini bor bo'lgan "Al Hilol"ni qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga ortda qoldirishmoqda. "Al Hilol" esa navbatdagi turda 43 ochkoga ega "Al Ahli" bilan kuch sinashadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar