So’nggi yangiliklar

13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  1 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  2 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  5 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  5 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4

Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirokida Osiyo Kubogi-2015 yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifa orqali matbuot anjumaning barcha etiborga molik jihatlari bilan tanishib bordingiz.

YANGILASH

M.Qosimov: "Janubiy Koreya bilan o'yinda o'yin jihatdan yutqazmadik. Faqat Xitoy bilan o'yinda yomon harakat qildik. Yomon o'ynamagan bo'lsakda, yarim finalga chiqa olmadik. Bu bizning xato va buning uchun OAV orqali muxlislardan uzr so'rayman! Endigi rejalarimiz JCH saralashi qurasidan kelib chiqib bo'ladi. Mart oyida Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi o'yinlarimiz bor, yaqin kunlarda rejamizni ishlab chiqqan holda ish boshlaymiz", - deydi Mirjalol Qosimov.

- Janubiy Koreya bilan o'yinda omad etishmadi deb aytayapsiz. Ammo, umuman olganda koreyaliklar bilan so'nggi 4 o'yindan birortasida g'alaba qozonmayapmiz. Har safar omad kelmayaptimi?
- Agar avvalgi o'yinlar bilan taqqoslaganda imkoniyatlarimiz ko'proq bo'ldi. Janubiy Koreya aslida biz uchun noqulay raqib. Bu o'yinda biz na jismonan, na o'yin borasida yutqazmadik. Kerak paytda koreyaliklarning tomiri tortishib qoldi. Biz so'nggi daqiqagacha o'ynadik.

- Janubiy Koreyani yaxshi biladigan Jeparovni maydonga tushmagani xato deb o'ylaysizmi?

- Tanganing ikkinchi tomoni ham bor, Jeparovni Koreya juda yaxshi biladi. O'yindan keyin turli nazariyalarni gapirish mumkin. Avvalo murabbiy o'ziga o'zi dushman emas. Biz ham g'alaba qozonishni istagan edik.

- Asqar aka har qanday musobaqa natija bilan bog'lanadi. Xatolarimiz ko'payib ketmadimi? Yangi Zellandiyani inobatga olmasa aytarli tuzukroq o'rtoqlik o'yini bo'lmadi?
- UFF prezidenti bu borada bizni qo'llab-quvvatlaydi. Biz o'yinimizga to'g'ri keladigan raqiblarni tanlaymiz. Evropadan takliflar yo'q emas, ammo, ular katta mablag' so'rashmoqda. Vaqt ham muammo, ular o'z vaqtini o'tkazyaptilar. SHuning uchun biz o'zimizdan kelib chiqib raqib tanlashga majburmiz. Saboq masalasiga kelsak, ketish oldidan guruhdan chiqish vazifasi haqida gaplashgan edik. Uyog'i endi o'yinga qarab edi. Futbolchilar harakat qilishdi. Raqiblarimiz ham o'sishda davom etyaptilar. Hech kim joyida qotib qolmagan. Markaz rahbari sifatida MTJ o'yinidan qoniqish hosil qildim deb o'ylayman.

- Murabbiylar shtabiga saviyasi yuqori bo'lgan murabbiylar kerak deb o'ylaysizmi?
- Bu haqda Mirabror Usmonovdan buyruq oldik va endi M.Qosimov o'ziga xorijdan murabbiy topishi mumkin. Bu masala bo'yicha ish olib borish boshlandi.

- Mirjalol aka siz futbolchi sifatida xorij chempionatlarida ishtirok etgansiz. Bugun ham yoshlarimizga ko'pchilik taklif bilan chiqyapti. J.Koreyaga qarshi o'yinda yutqazmadik. Ammo, ularning o'yi nchilari Evropada, biznikilar esa Rossiyadan uzog'iga o'ta olmayaptilar. Nima uchun?
- Avvalo bu prezidentimizning bolalar sportiga bo'lgan etibori mahsuli deb bilaman. Avvallari terma jamoamiz ham musobaqalarga yig'insiz ketar edi. Hozir 12 yoshli bolakaylarimiz ham yig'inga chiqishyapti. Bu sekin asta o'z mevasini beradi.

- Biz 1989 va 1993 yilgi avlodni yo'qotdik. Ular endi o'z klubida o'ynayman degan payti turli yig'inlar chiqib qolishi natijasida murabbiylar ularning xizmatidan foydalana olmayapti. Biz ikkita avlodni yo'qotdik. BAA esa bu borada bizni ortda qoldirdi.
A.Tolibjonov: - Bu savolga jiddiy qarayman. Bizda ham, futbolchining o'zida ham xato bo'ldi. 2015 yil uchun taqvim jiddiy suratda o'tkazildi. Endi yig'inlar Oliy liga bilan kesishmaydi.

- Terma jamoa asosan yarim himoyaga tayanib o'ynadi. Bu avvalo hujumchilarning saviyasidan kelib chiqib qilingan ishmi?
- Umumiy qaraganda yarim himoyachilarimiz kuchli edi. Hujumda muammo borligi malum. Oliy liga to'purarlari ham legioner. SHkvirindek hujumchilar yo'qolib ketdi. J.Koreyada ham bizga gol urgan futbolchisi yarim himoya vakili. Bugungi kunda yarim himoyachilar hujumchi rolida ham harakat qilishyapti.

- OKda ko'rdikki u erda shiddat yuqori. Jamoaning teng yarmi yana Oliy ligaga qaytishi ularning saviyasi yana qotib qolishiga olib kelmaydimi, yana Rashidovni chetga chiqib ketishi kerak deb hisoblaysizmi?
- Oliy ligada o'rtacha 5 ming metr yugurishadi, guruhda esa biz 10 ming masofani bosdik. CHorak finaldagi 30 daqiqani qo'shsak bu 13/14 mingga chiqadi. Bundan avvalgi savol meni o'ylantirib qo'ydi. Balki, Oliy ligada majburan yosh o'yinchi limitini qo'shish kerakdir.

- Osiyo Kubogiga 1 yil avval qura tashlangan edi. J.Koreya bilan tushishimiz aniqroq edi. Dastur ana shunga qaratilishi kerakmidi, ikkita o'yinda boshqa, ikkita o'yinda boshqa tarkib maydonga tushdi?
- Reja yo'l yo'lakay o'zgarib ketishi mumkin, masalan Odilni jarohati.

- Hujumchimiz yo'qligi natijasida ispanlarning taktikasidan foydalanish kerak deb olmaymizmi? Yani, hujumchisiz maydonga tushish...
- Raqibga qarab taktika tanlanadi. To'raev ham aynan J.Koreyadan kelib chiqib maydonga tushdi. O'yinimiz to'g'ri chiqdi faqat natija bo'lmadi. Agar o'sha vaziyatda gol bo'lganida u hozir qahramon bo'lardi. Ispaniyadek o'ynashimiz uchun Ispaniyada tug'ilgan bo'lishimiz kerak. Yaponiya va Eronni olaylik. Kuchli o'yinchilar bilan bizni sharoitda qoldilar. Yoki Qatar, Ko'rfaz Kubogini yutgan edi.

- O'FF rahbari hamma narsaga tayyor dedingiz, 1 yilda bir marotaba Toshkentda yaxshi o'yin o'tkazsa bo'ladimi?
- Kerak bo'lsa o'sha pulni topib berishadi. Lekin, 5-7 million dollarga o'yin o'tkazish bu kattada. SHaroitini kelishgan holda bu yil yaxshi raqib topishga harakat qilamiz. Bu yil Toshkentda 4 ta rasmiy o'yin o'tkazamiz. JCH saralashi doirasida. Undan tashqari, yoshlar o'rtasida xalqaro turnir borasida ish boshlab yuborildi.

- Oliy ligada o'yinchilar shiddatli o'yin o'tkazishmayapti. 2000 yillarda Germaniya ham shunday holatda qoldi va federaciyasi bilan hamkorlikda birgalikda dastur tuzib chiqdilar. Buni natijasini ko'ryapmiz. Bizda ham shunday qilish kerakdir?
- Haqiqatdan ham foydali ishlarni qilishimiz kerak. Bu ommaviy tarzda bo'lishi kerak, hamma ham bu ishga jiddiy yondoshmayaptimi? SHuncha qilinayotgan ishlar natija bermayapti, bunga chek qo'yishimiz kerak. Poydevorni yaxshilab olishimiz kerak.

- Bizni yutayotgan terma jamoalarning barini Oliy ligasi kuchli. Oliy ligada ham murabbiylarning saviyasi yuqori deb bo'lmaydi.Balki, ularni ham ko'rib chiqish kerakdir?

- Afsuski, klub siyosatiga aralasha olmaymiz. Undan keyin xorijlik murabbiy bizni chempionatga keladimi? Agar JCH ga chiqqanimizda bu oldinga tashlangan katta qadam bo'lardi. SHunda ham xalqaro maydonda o'z o'rnimizga ega bo'lib borayapmiz. Avval O'zbekiston desang Pokistonmi derdilar. Bugun esa sportimiz orqali chekka hududlarda ham O'zbekistonni bilyaptilar.

- Farhod Magometov bilan gaplashibsizlar. Hamma narsa gap bilan qolib ketmasligi uchun aniq bir taklif asosida ishlaydigan vaqt kelmadimi?
A.Tolibjonov: - PFL ni ishiga biz baho bera olmaymiz. Agar baho bersak ham konkret gaplar bilan asoslab berishimiz kerak. MTJ o'yini PFL bilan kesishmayapti. Bu biz uchun muhimi. Lekin, to'g'ri aytasizlar, ichki chempionat kuchaymaguncha terma jamoalarimizni kuchaytira olmaymiz. Hozir terma jamoa murabbiylari raqibga qarshi tayyorlanish o'rniga jismoniy holatini to'g'irlashga vaqt ketkazib qo'ymoqdalar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика