So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  4 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Mirjalol Qosimov: "Hujum chizig'i men uchun ham bosh og'rig'i bo'lyapti" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hujum chizig'i men uchun ham bosh og'rig'i bo'lyapti"

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubayda Bahraynga qarshi o'yindan oldin mashg'ulot o'tkazdi.
Ushbu mashg'ulotlardan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan bir qator savollarga javob oldim.

- Qatar bilan bo'lib o'tgan o'yin haqida gaplashishdan avval, nima uchun issiq paytda arab davlatlarida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga rozi bo'lganingizni bilmoqchi edim.
- Sababi oddiy. Avstraliyada yanvarda aynan mana shunday ob-havo hukmron bo'ladi. Yashil qitada ham namgarchilik yuqori bo'lishi aniq. O'sha paytda u erda yoz fasli boshlangan bo'ladi. CHiniqish va iqlim sharoitiga ko'nikish maqsadida mazkur yig'inni tashkil etdik. Qatar bilan uchrashuvda legionerlarimiz ishtirok etishmadi. Bu o'yinda aynan namlikni engib o'ta olgan futbolchi yaxshi o'ynashi mumkin. Xarakterni enga olish kerak, men yigitlarga ishonaman. Aslida ikki jamoaning bir xil sharoitda o'ynaganligini ham rad etmasligimiz kerak. Birinchi va uchinchi gollar oddiy holatlarda kiritildi.

- Saudiya Arabistoni va Qatar bilan o'yinlarda oddiy gollarni o'tkazib yuboryapmiz...

- Taktik va texnik xatolar bo'lyapti. Konsentraciya yo'qroq, nazarimda. Kechagi gollarda ham himoyada jiddiy xatolar bo'ldi.

- Keyingi ikkita o'yinda Yangi Zelandiya bilan bo'lib o'tgan bahsni ko'ramizmi? Bo'lajak ikki uchrashuvda natijaga etibor qaratiladimi yoki o'yinni shakllantirishga?

- O'yinni shakllantiramiz. Birinchi raqamda o'ynaymiz, balki xatolar bo'lar, ammo tanlagan taktikamizni takomillashtirishimiz kerak.

- Bu yig'inlarda siz tarkibda ko'rishni istagan qaysi futbolchilar qatnasha olmayapti?
- Vitaliy Denisov Toshkentga keldi, ammo uning jarohati bor ekan. Aleksandr Merzlyakovni ham sinab ko'rmoqchi bo'lgandim, afsuski, bazi sabablarga ko'ra u ham biz bilan emas.

- Incheondan kelib chiqib, hujumda muammolar borligini ko'rdik. Nafaqat Osiyo o'yinlarida o'ynagan futbolchilar, balki hozirgi milliy terma jamoada ham. Raqobatni oshirish maqsadida rejalaringiz bormi?
- Bahodir Nasimov. Ammo u o'yin amaliyotisiz. Eronga ketganida xursand bo'lgan edik, afsuski amalga oshmadi. Hujumda yana Kamoliddin Murzoev va Aleksandr Geynrix bor. Hujum chizig'i men uchun ham bosh og'rig'i bo'lyapti.

- SHu sanab o'tgan futbolchilarni keyingi yig'inlarda sinab ko'rasizmi?
- Albatta. Qishdagi yig'inga ularni taklif etishni rejalashtirganman.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика