Mirjalol Qosimov Bunyodkor - Al Fath uchrashuvini stadionda tomosha qildi
17 apr 2014 17:39
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov Bunyodkor - Al Fath uchrashuvini stadionda tomosha qildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 16 aprel kuni OCHL-2014 5-turi doirasida o'tkazilgan Bunyodkor – Al Fath uchrashuvini bevosita stadionda tomosha qildi.
O'tgan haftada rasman Toshkentning Bunyodkor jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan va endilikda faqat milliy terma jamoada faoliyat olib boradigan Qosimov, Bunyodkor klubi ishtirokidagi o'yinda milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilarning o'yinini ko'zdan kechirdi.
Takidlash joiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. May oyi boshlarida milliy terma jamoa ushbu o'yinlar oldidan Toshkentda yig'in o'tkazadi. Bungacha esa Qosimov milliy terma jamoaga nomzod bo'lgan futbolchilarning o'yinlarini bevosita stadionlarda kuzatishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 final bosqichi o'yinlarigacha bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Fikrlar