So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  2 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Angliyaliklar Husanovning debyuti haqida nimalar deb yozishdi? Jurnalistlarning fikri va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar Yangiliklar

Angliyaliklar Husanovning debyuti haqida nimalar deb yozishdi? Jurnalistlarning fikri va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar

Ko'pchilik Abduqodirni qo'llab-quvvatladi.

Kecha oqshom Abduqodir Husanov "Manchester Siti" safida debyut qildi. Debyut murakkab kechdi: Husanov o'yin boshida xatoga yo'l qo'ydi, shundan so'ng "shaharliklar" gol o'tkazib yubordi, ammo keyin u o'ziga keldi va yaxshi saviyada o'ynadi.

Angliyada bu haqda nimalarni yozishdi? Keling, avval Britaniyaning tabloidlarini ko'rib chiqaylik.

The Sun 

"Manchester Siti" jamoasining yangi futbolchisi Omar Marmush "yangi nafas oldi". Abduqodir Xusanov debyutini tezda unutishi kerak".

Jurnalist Martin Blekbyorn matnga qo'shimcha qildi: "Klub jamoaga yaqinda kelgan Xusanovni qo'llab-quvvatlashi kerak. Uning baxtiga hammasi yaxshi bo'ldi – yakunda "Manchester Siti" g'alaba qozondi. "Siti" muxlislari yuragi katta odamlardir. Ular Husanovni xatosi haqida ko'p bosh qotirmasligi uchun qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi".

Daily Mail

"Husanov endigina 20 yoshda. U hali haqiqatan ham "bola". U APLdagi birinchi o'zbekistonlik futbolchi va u o'tgan haftada ingliz tilida biror so'zni bilmay turib "Lans"dan kelib qo'shildi", – deb yozdi Oliver Xolt.

“Lekin bir daqiqaga Husanovni unuting. O'yin shunday o'zgarib ketdiki, "CHelsi" darvozaboni Robert Sanches yanada jiddiyroq xatoga yo'l qo'ydi. Deyarli har hafta divandagi tanqidchilar va ijtimoiy tarmoqlardagi odamlar uning "CHelsi" darajasiga to'g'ri kelmasligini takidlamoqda.

Husanov muvaffaqiyatsizliklarni engib o'tadi va keyingi bahslarda jang qiladi. U jamoadoshlarini g'alaba bilan tabriklar ekan, maydonda mayus ko'rindi. Bu uning debyuti edi, unda boshqa imkoniyatlar bo'ladi. Biroq Sanchesda ular bo'lmasligi mumkin", – deya qo'shimcha qildi Xolt.

Mirror

Jeymi Rednapp (Angliya va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi, Harri Rednappning o'g'li) shunday dedi: "Ushbu vaziyatga tushib qolganingda, boshingni "quritgichdagidek" his etasan. Sen bitta xatoga yo'l qo'yasan, keyin uni yanada yomonlashtirasan. U "Siti"ning boshqa himoyachilaridan etarlicha qo'llab-quvvatlov olmadi. U bu vaziyatdan o'tib olishi kerak. Men bu yigitga achinaman".

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'i

"Yangi liga. Ingliz tilida bir so'z ham gapirmaydi. Muammoli "Siti"da o'ynayapti. Uning elkasida – butun O'zbekistonning masuliyati. Va muvaffaqiyatsiz startdan keyin sinib qolmadi. Barakalla, Abduqodir Husanov!

"Husanov xatosidan tashqari bir necha bor himoyamizni saqlab qoldi. Qanday "yirtqich"

"Jeksonni yo'lidan olib tashladi. Husanovning moslashib ketishini kutyapman. Bu raqiblar uchun qo'rqinchli bo'ladi"

"20 yosh, bir haftadan beri jamoada va tilini bilmaydigan mamlakatida. Muvaffaqiyatsizliklar uchrab turadi, bu dunyoning tugashi emas"

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика