Mirjalol Qosimov: "Biz Osiyo Kubogi-2015da o'z aybimizni yuvishga harakat qilamiz"
31 dek 2013 12:20
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov: "Biz Osiyo Kubogi-2015da o'z aybimizni yuvishga harakat qilamiz"
Yangi yil tabriklarining keti uzilmayapti.
Mirjalol Qosimov (O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi): "Avvalo, ostonada eshik qoqib turgan yangi 2014 yil bilan barcha yurtdoshlarimizni, futbolga beetibor bo'lmagan insonlarni, millionlar o'yiniga oshno muxlislarni "Bunyodkor" jamoasi va shaxsan o'z nomimdan chin qalbimdan muborakbod etaman. Hurmatli Yurtboshimiz 2014 yilni ezgu niyatlar bilan "Sog'lom bola yili" deb elon qildilar. Ilohim, farzlandlarimiz, yoshlarimiz sog' bo'lishsin. Zero, O'zbekiston kelajagi aynan shu yoshlar qo'lida. To'g'ri, milliy terma jamoamizning JCH-2014 final bosqichiga chiqa olmagani ko'ngillarni hira qildi. Ammo, ishoning, biz imkon qadar yurtdoshlarimizni xushnud etishga harakat qilgandik. Yaratganning aytgani bo'lar ekan. Omad ham bizga kulib boqmadi. Har bir futbolchi, murabbiylar shtabi azolari tegishli xulosalarni chiqarib oldi. Hukumatimiz va federaciya rahbariyati menga yana ishonch bildirgan ekan, buni oqlashga astoydil intilaman. O'z o'rnida O'FF "Terma jamoalar markazi" milliy terma jamoamiz uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishini xohlardim. Zero, muhim o'yinlar oldidan o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvlarining roli va foydasi beqiyos. Bosh murabbiyga boshqa hech narsa kerak emas. SHu FIFA kunlarida o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etib berishsa kifoya. Biz Osiyo Kubogi-2015da o'z aybimizni yuvishga harakat qilamiz. Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi 2014 yilingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!"

Fikrlar