Mirror: Benites Franciya top-jamoasida ish boshlashi mumkin
28 apr 2019 16:14
Yangiliklar


Mirror: Benites Franciya top-jamoasida ish boshlashi mumkin
PSJ va "Marsel" "Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benitesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Mirror" xabariga ko'ra, Parij klubi rahbariyati Tomas Tuxelning faoliyatidan mamnun emas. Kecha jamoa Franciya kubogi finalida "Renn"ga mag'lub bo'ldi. Jamoa ushbu mavsumda mamlakat chempionligi bilan kifoyalandi.
Ispaniyalikning "Nyukasl" bilan shartnomasi iyulda yakuniga etadi. Ayni damda klub mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar