So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Mirkomil Musaev: “Kelishilgan o'yinlar ildizi bilan qo'porib tashlanmadi” Yangiliklar

Mirkomil Musaev: “Kelishilgan o'yinlar ildizi bilan qo'porib tashlanmadi”

Toshkentning “Paxtakor” jamoasida biroz muddat ishlagan Mirkomil Musaev ayni damda shou-biznesda “Million” jamoasida o'z faoliyatini olib bormoqda.

SHunday bo'lsada Musaev suhbat chog'ida milliy chempionatimiz va terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni tinmay kuzatib borishini bildirib o'tdi. Biz Mirkomil Musaev bilan futbolimiz haqida suhbatlashdik.

-  Bilamizsi siz Londonning “Arsenal” jamoasi muxlisisiz. O'zbek klublaridan qaysi birini qo'llab-quvvatlaysiz?

-  Aslini olganda men vatanparvarman. O'zbekiston chempionatini 1996, 1997 yildan buyon ko'rib boraman. Hozirgi kunlarda ishlarim ko'pligi sababli stadionlarga bora olmayapman. Lekin o'yinlar yakunlanganidan so'ng championat.asia saytiga uchrashuv natijalaridan boxabar bo'laman. Endi muxlislik qiladigan jamoamga kelsak, bu Toshkentning “Paxtakor” jamoasi. “Paxtakorg”ga mehrim bo'lakcha. Bir paytlar “SHerlar”ning muxlislar klubida sevimli jamoamizni qo'llab-quvvatlaganmiz. Xattoki Mirzahakim aka To'xtamirzaev, Nodirxo'ja Yuldashev, Behzod Nazarovlar bilan 6 oycha “Paxtakor” matbuot xizmatida ishlaganman. Qisqa muddat ishlagan bo'lsam ham o'sha damlar hech qachon yodimdan chiqmaydi.


-  “Paxtakor”da bo'lgan o'zgarishlarga qayday baho berasiz?

-  Bunday o'zgarishlar allaqachon bo'lishi kerak edi. “Paxtakor” xalqni yuzi hisoblanadi. MDH davlatlarida ham “Paxtakor”ning ashaddiy muxlislari bor, deb o'ylayman. “SHerlar”ning ishqibozlari juda ham ko'p. Lekin hozirgi kunga kelib (o'zgarishlardan avval) nisbatan muxlislar biroz kamaygan bo'lsa kerak. Jamoada murabbiylar almashinuvi bo'ldi. Murabbiylik postiga Jasur Abduraimov kelganidan so'ng “Paxtakor” quyi pog'onadan yuqoriga ko'tarildi. Natija ijobiy tarafga o'zgardi. Hozirgi bo'lgan o'zgarishlar barcha futbol muxlislarini hayron qoldirgan bo'lsa ajabmas. O'zgarishlarni eshitib shahsan o'zim ham hayron qoldim. Bunday o'zgarishlardan nafaqat “Paxtakor” balki butun bir o'zbek futboli yutadi.

-  Hozirgi kunda milliy chempionatimiz qay darajada, deb o'ylaysiz?

-  Milliy chempionatimizdagi o'yinlarni barchasini to'liq ko'ra olmayapman. Bizni televideniya to'liq barcha o'yinlarni ko'rish imkoniyati yo'q. Agarda tungi efirda yozib olingan holda namoyish etilsa o'shandagina ko'rib qolishimiz mumkin. Hozirgi paytda chempionatimizdagi o'yinlar juda ham keskin tarzda ketayapti. Oldin kim g'alaba qozonishi va hisoblarni tahmin qilib aytsa bo'lardi. 1-2 yil oldin ham misol uchun o'yindan oldin hisoblarni aytsa bo'lardi. Hozirgi kunga kelib futbol Federaciyamiz tomonidan kelishilgan o'yinlarni oldini olish, bunday o'yinlarni to'xtatish borasidagi ishlar qisman o'z samarasini bergandir. Lekin to'liq ildizi bilan qo'porilib tashlandi, deb o'ylamayman. Balki bu narsa ham butkul yo'qolib ketar. Samarqandning “Dinamo” klubini olaylik, ushbu jamoa birinchi ligaga chiqqanidan so'ng o'r tarkibiga bir qator yosh futbolchilarni qo'shib oldi. Bunday tarkib bilan etakchi jamoalarga qarshi bunday o'yin ko'rsatishayotganiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q. Bir paytlar Toshkent viloyaning “Do'stlik” jamoasi Samarqand klubi bilan chempionlik uchun kurash olib borgan. O'shanda “Do'stlik” chempion bo'lgan edi. Asosiysi halol o'yin bilan g'alaba qozonsa biz o'sha tarafdamiz.

-  Stadionlarimizga muxlislar tashrifi judayam kamayib ketgan. SHuning sababi nimada?

-  Bunga bir qancha sabablar bor. Mana shu muammoni bartarf etish va muxlislarni stadionga qaytarish yo'lida har safar yig'ilishlar o'tkaziladi. CHempionat boshlanmasidan oldin taqvim tuziladi. Ayrim sabablarga ko'ra ushbu taqvimda o'zgarishlar yuzaga keladi. Ish bor joyda kamchiliklar bo'ladi.  Lekin bu darajada emasda. Bu narsa bizda har yili takrorlanib boriladi. Ko'pchilikni medasiga ham tegib ulgurdi. Asosiysi bu erda jabrdiyda muxlislar bo'ladi. Misol uchun o'yin vaqti, erta qo'yiladi. O'zbek xalqi davlat xizmatida bo'lmasa ham xususiy ishxonalarda ishlaydi. Barcha bilsa kerak FIFAning o'zini talablari bor. Misol uchun stadionlardagi qulayliklar, chiroqlarning talabga javob berishi vaxokazo. OCHLda ishtirok etadigan jamoalarimizning stadionlari talabga javob beradi. Meni fikrimcha O'FFni ham o'ziga yarasha talablari bo'lishi kerak. Menimcha uchrashuvlar 20:00ga belgilansa o'rinli bo'lardi, deb o'ylayman. CHunki Evropadagi o'yinlarning ko'pchiligi 20:00ga belgilanadi. SHahsan o'zim Evropaga borib futbol stadionlariga tashrif buyurdim. U erda o'yin vaqti 20:00ga belgalingan. Odamlar ishdan chiqib futbol ko'rgani stadionga tashrif buyurishyapti. U erni stadionlari xavas qilsa arzilulik darajada. Bizda ham o'yin vaqtini 20:00ga belgilab stadion atrofida muxlislarni stadionga chorlaydigan qandaydir akciyalar o'tkazish kerak. SHunda natija ijobiy ko'rinish olishi mumkin. Xohlaymizmi yo'qmi har bir jamoani o'zining muxlisi bo'ladi. U jamoa xoh g'alaba qozonsin xoh mag'lubiyatga uchrasin. Haqiqiy muxlis jamoasini og'ir kunida yolg'izlatib qo'ymaydi.


-  O'yin vaqti masalasi haqida gapirib o'tdingiz. Oxirgi marotaba uchrashuv vaqti 16:00 yoki 17:00ga belgilangan o'yinni ayta olasizmi?

-  Samarqand shahrida o'tkazilgan O'zbekiston kubogi final uchrashuvi 13:00da bo'lib o'tdi. Qoq tushlik vaqtida futbol ko'rish uchun stadionga kim tushadi? Muxlislarni ko'tarib, sudrab olib bormoqchi bo'lsangiz ham soat 13:00da stadionga kelmaydi.

-  Yuqorida stadionlar atrofid akciya o'tkazib kerak deya takidlab o'tdingiz. “Paxtakor” akciya o'tkazmoqda. Lekin shunday bo'lsada muxlislar kutilganidek stadionga tashrif buyurmayapti...

-  Qars ham ikki qo'ldan chiqadi. Birinchidan jamoaning hozirgi paytdagi o'yin saviyasi muxlislarning talabiga to'g'ri kelmayapti. Bu hozirgi paytda. Keyinchalik jamoalarning kuchayish payti kelar. Latereya o'ynab muxlislarni stadionga jalb qilish asosiy yo'l deb o'ylamayman. SHunda ham stadionga tashrif buyuradiganlar asl futbol muxlisi bo'lmaydi. Misol uchun shahsan o'zim lotereyada g'olib bo'laman deb stadionga bormayman. Ubu narsa yutvolar ekanman deb stadionga borgan muxlis futbolning ashaddiy haqiqiy muxlisi emas. Bitta moshina sovg'a qilishni imkoniyati bor ekan boshqa taraflarni ham o'ylab ko'rsa bo'ladi. Summa kichkina emas. Misol uchun 1ta narsani 100ta sovg'aga aylantirsa ham bo'ladi. Lekin arzigulik sovg'a bo'ladi. To'g'ri, u erda faqat avtomobil qo'yilmagan. Qimmatbaho uyali aloqasi, futbol to'plari vafutbolkalar sovrinli o'yinga qo'yilgan. Muxlislarni stadionga qaytarish uchun har bir jamoa yililk abonoment joriy qilishi kerak.

-  Sizga bir savol beraman faqat biz Angliya emasmiz demaysiz. Bilsangiz APLning ayrim o'yinlari 12:00 yoki bo'lmasam 13:00da bo'lib o'tadi. Bizning vaqt bilan 16:00 yoki 17:00da uchrashuv boshlanadi. Balki ish kuni emasdir, lekin stadion muxlislar bilan to'lmoqda...

-  Siz u er Angliyada demaysiz deb oldimga majburiyat qo'yib qo'ydiz (kulib). Lekin bu narsaga shunchaki ko'z yumib ketib bo'lmaydi. Daraja umuman boshqa-boshqa. Bizni futbol Federaciyamiz tashkil topgandan beri chempionat taqvimi o'zgarmasdan bitta vaqtda belgilanib kelganda, ayrim o'yinlarimiz halol bo'lganida, top futbolchilarimiz bo'lganida stadionlarimiz muxlislar bilan to'lib turardi. O'zbek xalqi bolajon ekanligini barcha yaxshi biladi. Avvallari stadionda o'g'lini ko'tarib turgan otalar ko'p bo'lardi. Biz u paytda maktabdan qochib futbol ko'rish uchun stadionga borar edik. 1998 yili MHSK jamoasi bo'lardi. Muhtor Qurbonov, No'mon Hasanov, Abduqahhor Marufaliev, Baxtiyor Qambaraliev kabi mohir futbolchilarni o'yinlarini stadiondan tomosha qilardik.

-  Siz muxlislarni qaytarish uchun o'zingiz qanday yo'l tutgan bo'lardingiz yoki biron-bir taklifingiz bormi?

-  Agarda Federaciyada ishlaganimda yoki bo'lmasam o'sha erdagi komissiyani ichida bo'lganimda o'zimni takliflarimni bildirgan bo'lardim. Hozir tashqaridan turib unaqa qilish kerak bunaqa qilish kerak deb gapirish noto'g'ri bo'ladi. Bu o'rinda ishlayotgan odamlar bor. Endi har kim o'z fikriga ega. Har bir jamoaning o'ziga yarasha muxlislari bor. O'sha jamoalar ishqibozlariga barcha sharoitlarni yaratib berishi kerak, deb o'ylayman. Har bir jamoani o'zini sport magazini bo'lsa muxlisalar jamoasining futbolkalarini sotib olishadi.


-  Legionerlar futbolchilarning o'zbek klublariga kelishi muxlislarni stadionlarga qaytishiga saba bo'ladimi?

-  Albatta sabab bo'ladi, agarda o'sha kelayotgan legioner mahalliy futbolchidan bir bosh baland bo'lsa. Hozirgi paytda chempionatimizda to'p tepayotgan futbolchilarga qanday qilib pul sarflashadi bilmayman. O'tgan yilgi chempionatda legionerlarimiz shunaqangi ko'p edi. Nimaga asoslanib ularga ishonch bildirishgan bilmayman. Boshqacha qilib aytganda ular pulga to'yib eb-ichib ketishgan. Futbol o'ynamasdan dam olib ketsa bo'lar ekan degan fikrga ham kelishgan bo'lishi mumkin. Legioner futbolchini oyog'iga qarab turib qanday futbolchi ekanligini bilsa bo'ladi. “Qo'qon-1912”da Filip Raevac o'yinlari yoqdi menga. Bunaqa futbolchilarni vodiy ahli darrov o'ziniki qilib oladi (kulib). Dragan CHeran “Nasaf”da yorqin o'yin namoyish etmoqda. “Paxtakor”ga Yurica Bulyat nima uchun jalb qilinganini xaligacha bilmayman. “Bunyodkor”da ham yaxshi o'yin ko'rsatmagan futbolchi, deb bilaman. SHuni bilib turib “Paxtakor” nima uchun uni sotib oldi bilmayman. Adnan Oraxovac ham mahalliy futbolchilarimizdan bir bosh ustun emas.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика