Mirko Yelichich: "Dubayda Serbiya va gollandiyalik futbolchilarni ko'rikdan o'tkazamiz"
09 jan 2016 09:00
Yangiliklar


Mirko Yelichich: "Dubayda Serbiya va gollandiyalik futbolchilarni ko'rikdan o'tkazamiz"
"Yangi mavsumga tayyorgarlik reja asosida olib borilmoqda. Tarkibimizga o'zimiz uchun zarur bo'lgan futbolchilarni jalb etishda davom etamiz. Jeparovga ortiqcha tarif berish shart emas. U har qanday jamoani kuchaytira oladi. Maxaradze va Fayzievni universal futbolchi deb ayta olman. Kaxi yarim himoyaning istalgan nuqtasida to'p tepishga qodir. SHerzod Fayziev esa ham markazda, ham qanot himoyachisi rolini bajara oladi.
Serbiya va gollandiyalik futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazamiz. Ular jamoamizning Dubaydagi yig'inida ishtirok etishadi. O'ylaymanki yangi mavsumgacha tarkibimiz optimal ko'rinishga keladi", - deydi "temiryo'lchilar" ustozi.
Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” klubi 9-22 yanvar kunlari Dubayda o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar