Mirko Elichich yana "Paxtakor"ga qaytdi!?
02 dek 2013 15:52
Yangiliklar

Mirko Elichich yana "Paxtakor"ga qaytdi!?
O'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klublarida ishlagan murabbiy Mirko Elichich yana mamlakatimizda ish boshlaydigan ko'rinadi.
Jismoniy tayyorgarlikka javob beradigan avstraliyalik Elichich "Paxtakor" rahbariyati bilan muzokara o'tkazish uchun kecha Toshkentga uchib kelgan.
Bu murabbiy 2007 yil Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida bo'lgan. Avstraliyalik mutaxassis O'zbekistonda oila qurgan bo'lib, bugunda Gonkongda istiqomat qilayotgan edi. Mirko Elichich, o'zbek futbolida faoliyat olib borgan eng kuchli mutaxassislardan biri hisoblanadi.

Fikrlar