So’nggi yangiliklar

21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  0 21:33U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - С.Арабистони 2:0 (МАТНЛИ ТРАНСЛЯЦИЯ)  485 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  1 20:28ЦСКА — "Крилья Советов". Файзуллаев захирада  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  136 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. Бугун "Интер", "Милан" ва "Аталанта" ўйнайди  0 20:00Бундеслига. Бугун "Байер", "Боруссия" ва "Айнтрахт" ўйнайди  0 19:58АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" ғалабага эришди, "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  17 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида камбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  17 19:16"Лестер" — "Ливерпуль". Диас, Салоҳ ва Варди асосий таркибда  2 18:57ҚПЛ. Мухторовнинг 83-дақиқада урган голи "Турон"ни "Астана"га қарши ўйинда мағлубиятдан асраб қолди  0 18:22Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим этди, "темирйўлчилар"да 3 та ўйинда 3 та ғалаба  1

Mirjalol Qosimov: "Zaxira o'rindig'imiz pand berdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Zaxira o'rindig'imiz pand berdi"

Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bahsidan o'rin olgan OKMK 1:3 "Sepaxon" uchrashuvidan so'ng, olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Afsuski bugun mag'lubiyatga uchradik. Imkoniyatlarimizni yo'qqa chiqarib bormoqdamiz. Mag'lubiyatimizning sabablari bor. Zaxira o'rindig'imizning sustligi bizga pand berdi. Jamoada 6 nafar futbolchi jarohatlangan. Lekin hayot davom etadi, bugungi mag'lubiyat biz uchun katta tajriba bo'ldi. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman.


- Ko'pgina futbolchilarning jarohati sabab bugun jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi. Jarohatlarning sababi nimada? Jarohatlarning bu darajada ko'pligi, jamoada biror narsa noto'g'ri bo'layotganidan dalolat. Balki futbolchilarning jismoniy holati  yaxshi emasmi yoki jarohatdan forig' bolish uzun vaqtga cho'zilib ketmoqdami? Mening fikrimcha qaerdadir xato ketgan?


- Siz yarim final bahsini ko'rdingizmi. Agar tomosha qilgan bo'lsangiz yigitlar 130 daqiqa maydonda kurashishdi. Yigitlar jismonan tayyor bo'lmaganida 130 daqiqa o'ynab bera olmas edi. Provokacion savol berdingiz deb o'ylayman. Jamoada hammasi yaxshi. Professional sportda jarohat xavfi har doim yuqori. Sportchilar jarohat bilan yonma-yon yurishadi. Hozirgi kunga kelib kunlar sovudi va havo salqin bo'lib qoldi. Hamma erda virus, gripp bor. Isitma qilayotgan futbolchilar ham bor. Mirjamol Qosimovning tana harorati 39 va shu sababdan bugun u maydonga tushmadi. Bunday holatlardan xabardor bo'lish uchun jamoa bilan birga bo'lish kerak va ichki muhitdan xabardor bo'lish kerak. Uch kun avval biz juda og'ir o'yin o'tkazdik va shu sababdan bizga tazelik va zaxira o'rindig'i etishmadi. Nega hech kim "Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin bizning jismoniy holatimizni tanqid qilmadi. Hozir Haqnazariy, To'htajo'haev, Ahmadaliev, Ruben Sanches, SHohrur Gadoev va Mirjamol Qosimovlar kabi futbolchilar jarohatlangan. Ushbu futbolchilarning barchasi asosiy tarkib o'yinchilari. Bunday holatlardan to'g'ri xulosa chiqaramiz va bu bizga dars bo'ladi. Ammo sizning fikringizga 200 foiz qo'shilmayman va jamoaning ichidagi muammo degan fikringizga ega 1000 foiz qo'shilmayman. Yana ushbu fikrni takrorlayman bunday holatlardan xabardor bo'lish uchun, jamoa bilan yurish kerak. Agar jamoa ichida muammolar bo'lganda biz chempionatda so'ngi o'rinlardan birida bo'lishimiz kerak edi va Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritmagan bo'lar edik.


- Bugungi uchrashuvda darvozaboningiz qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Bunga sizning fikringiz qanday?


- "Sepaxon" jamoasi juda tizimli o'yin namoyish etdi va standart vaziyatlardan yaxshi foydalandi. Afsus darvozabonimiz birinchi golda xatoga yo'l qo'ydi. Hamma xato qiladi. To'g'ri darvozabonimiz bugun xato qilgandir, ammo avvalgi o'yinlarida bizni ko'p qutqargan edi. SHuni esdan chiqarmasligimiz kerak. Botirali xatosi uchun jamoadan uzr so'radi. Raqibning ikkinchi golini menimcha hech kim bartaraf eta olmasdi. Sovet ittifoqi davrida shunday zarbalarni "Dasaev ham qayta olmaydigan" zarbalar deb atashar edi. Raqib ideal zarba berdi.


- Superligadagi keyingi uchrashuv "Andijon"ga qarshi. "Andijon" esa musobaqa jadvalida eng yaqin taqibchi. Jamoada jarohatlar "epidemiyasi" bo'lib turgan bir vaqtda, "Andijon"ga qarshi qandaydir rejangiz bormi?


- Bita echim bor qo'l ostimdagi barcha futbolchilardan foydalanaman. Lekin oldindan bashorat bermayman, chunki men bashoratchi emasman. Bor imkoniyatlarimizdan foydalanamiz.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика