So’nggi yangiliklar

21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  0 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  5 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1

Mirjalol Qosimov: "Yaqin orada yangi kelgan futbolchilar bilan shartnoma imzolaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yaqin orada yangi kelgan futbolchilar bilan shartnoma imzolaymiz"

Kecha Toshkentning "Bunyodkor" klubi futbolchilari Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovni suhbatga tortdik.

- "Metallurg" jamoasiga qarshi uchrashuvda durang natija qayd etildi. Ushbu uchrashuvdan haqida qanday fikrdasiz? Jamoadagi futbolchilarni ko'rib oldingizmi?

- 10 kun mobaynida CHimyonda jismoniy mashg'ulotlarini o'tkazdik. 17 kuni Toshkentga qaytib kelib to'plar bilan ishlab yubordik. Kecha Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi ilk nazorat uchrashuvimizni o'tkazdik. Bir necha kundan so'ng O'zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvi bosqichida Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi bahs o'tkazamiz. "Metallurg" bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuv "Neftchi"ga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Ushbu nazorat uchrashuvi futbolchilarning maydonda bir-birini tushinib harakat qilishi uchun yaxshgina mashg'ulot bo'ldi. 

- Jamoadan bir qator futbolchilar ketdi. Taklif qilingan yangi futbolchilar bormi?

- Albatta, yangi kelgan futbolchilar ham bor. "Obod" klubidan Anvar G'ofurov va SHoxruz Norxonov, "Buxoro"dan SHoxruh Gadoev va Vohid SHodievlarni jamoaga taklif qilganman. Hozircha faqat Norxonov bilan shartnoma imzolaganmiz. Qolgan futbolchilar bilan ham yaqin orada shartnoma imzolaymiz. 



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика