So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  0 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  7 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Mirjalol Qosimov: "Sog'intirib qaytdim" (to'liq versiya) Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Sog'intirib qaytdim" (to'liq versiya)

Bugun "Bunyodkor" klubi yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.
Bugungi tanishtiruv marosimida klub yangi bosh direktori Murod Aliev va yangi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

Murod Aliev "Bunyodkor" bosh direktori: - So'nggi paytlarda jamoaning o'yinlari tufayli o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Nega bu kabi o'zgarishlar bo'ldi? Bunga jamoaning oxirgi paytlarda ko'rsatgan o'yinlari va natijalari sabab bo'ldi.  Hozirgi kunda "Bunyodkor" musobaqa jadvalida qaysi pog'onada turgani ko'pchilikka malum. SHu bois Mirjalol Qosimovni jamoaga qaytardik va uning oldiga klubni yana avvalgi mavqeini tiklash vazifasi qo'yildi. O'ylaymanki, Qosimovni jamoaga qaytarish to'g'ri qaror bo'ldi. "Bunyodkor"ni o'z tarixi bor va buni barcha biladi.

Bizning klub ajoyib va ko'rkam stadionga ega. Bu go'zal stadionimiz Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan loyiha qilingan va qolaversa, hozirgi Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning shaxsan o'zlari bu qurilishlarda bosh-qosh bo'lganlar. Bu stadionning bu kabi katta qurilishi xalqimiz, futbol ishqibozlari futboldan rohat olib ketishlari uchun qilingan ishlar.  Ammo so'nggi yillarda stadionga tomoshabinlarning kelishi kamayib ketdi. O'yindan-o'yinga muxlislar tashrifi keskin kamayib ketdi. Faqatgina Samarqand yoki Namangandagi o'yinlarda stadionlar to'lib toshmoqda. CHunki ular o'ziga yarasha futbol ko'rsatishmoqda va shunga yarasha muxlislar tashrifi ham ularda yaxshi.  "Bunyodkor"da ishqibozlar tashrifi kamayib ketganiga o'yinimizning pastligida deb bilaman. SHu nuqtai nazaridan bir qator o'zgarishlar bo'lmoqda va bu o'zgarishlar klubimizni yaxshi yo'nalishga solib olgunimizga qadar davom etadi. Biz ham yaqin vaqt ichida tomoshabinlarni stadionga qaytarish borasida ish olib boramiz. Barchamiz hamjihatlikda ishlasak, bir jamoa bo'lib qovusha olsak, o'ylaymanki, muvaffaqiyatlarga erishamiz. 

Oxirgi kunlarda "Paxtakor"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Bu o'zgarishglar kelajakda o'zbek futbolining o'sishiga xizmat qiladi, deb o'ylayman. To'g'ri, federaciyamiz, davlatimiz tarafidan futbolga juda katta o'zgarishlar qilindi. Lekin so'nggi paytlarda terma jamoamizning ham, klublarimizning ham qanday darajada ekanligini ko'rib turibsizlar. 

Futbolimizda sog'lom raqobat bo'lsa, o'ylaymanki, albatta futbolimiz kuchayadi. Birinchi navbatda bundan muxlislar yutishadi. Mirjalol Qosimovga faqatgina omad tilayman. Bizning birinchi galdagi vazifamiz, stadionimizni muxlislar bilan to'ldirish.


Mirjalol Qosimov "Bunyodkor" bosh murabbiyi: Jurnalistlarni ko'rib turganimdan xursandman. Bu jamoa menga begona emas. Buni juda yaxshi bilasizlar. Bir narsani aytmoqchidim, Sergey Lushanga katta rahmat aytmoqchiman. Istefo bu futbolning bir qismi. Murabbiylarda bo'lib turadi. Hamkasbimga keyingi faoliyatida omad tilayman. Murabbiyning qismati shunday.  U akademiyada yaxshi ish olib borishiga ishonaman. Lushan bilan birgalikda, hamjihatlikda ishlaymiz deb o'ylayman. Futbol bu muxlislar va ishqibozlar bilan go'zal. Birinchi o'rinda stadionimizga muxlislarni qaytarishni istaymiz va buning uchun mehnat qilamiz. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat bo'lib turadi. Futbol tepalik va pastliklardan iborat. Futbolimizning eski madhiyasini qaytarishimiz kerak. SHunday og'ir vaziyatda jurnalistlarimizdan iltimos qilardim, iloji boricha futbolchilarni qo'llab-quvvatlashsa yaxshi bo'lardi.  Hozirgi kunda futbolchilar barcha ijtimoiy tarmoq yoki gazeta va saytlarni o'qish imkoniyatiga egalar. Futbolchilar barchasini ko'rishadi va o'qishadi. Dushanba kuni jamoa OCHL doirasidagi 6-turini "Al Ayn"ga qarshi o'tkazadi. Garchi OCHLda imkoniyatlarimizni yo'qotgan bo'lsakda, "Bunyodkor"ni o'z nomi bor. SHuning uchun, imkon qadar "Al Ayn" bilan munosib o'ynab kelishlarini futbolchilarimizga alohida takidlaymiz va iltimos qilamiz. SHundan so'ng bor etiborimiz oliy liga va kubok bahslariga qaratamiz. Nimagaki, chempionatiimizning va jamoamizning eski madhiyasini qaytarishimiz kerak. Xalqaro musobaqada ishtirok etmoqchi bo'lsak, kubok hamda chempionatimizga bor kuchimizni tashlaymiza va shunga harakat qilamiz. Tarkibimizda ko'p yoshlar bor, ammo ularga baribir tajribali futbolchilar kerak. SHu boisdan ham davralar oralig'ida selekciya ishlarini olib boramiza va tarkibimizni kuchaytirishga harakat qilamiz. Futbolchilarga ruscha aytganda "svejost", yangilik etishmayapti.  Yoshlar kimgadir intilishlari kerak va ular tajribali futbolchilarga qarab turib, o'sishlari kerak.

"Bunyodkor"ning maqsadi chiroyli o'ynash va oxirigacha kurashish. Xato barchada bo'ladi. Ammo ulardan xulosa chiqarishni ham bilish kerak. Futbolchilar ham xato qilishadi. Lekin shijoat yo'qolishi kerak emas. Evropada ham yuqori darajadagi futbolchilar xato qilishadi, lekin muxlislarning qarsak chalishi hamda o'sha xato qilgan futbolchini ro'hlantirishi natijasida futbolchilar ishqibozlarga bor o'yinini namoyon etadi. Fursatdan foydalanib, muxlislarimizni  "Bunyodkor"ni qo'llab-quvvatlashga chorlardim. Milliy chempionat o'yinlarimizga kelib, jamoamizga madadkor bo'lishlarini istayman. "Bunyodkor"ning muxlislari ham juda ko'p. Jamoamiz doimo ishqibozlar uchun o'ynaydi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz, - deydi Qosimov.

Mirjalol Qosimov bilan birga jamoaga Aleksandr Volkov va SHuhrat Maqsudov kelishdi. Ertaga klub OCHL doirasidagi bahsni o'tkazish uchun BAAga uchib ketadi. Hujjatlar rasmiylashtirishdagi tig'iz vaqt tufayli Mirjalol Qosimov BAAga bora olmaydi. SHu bois "Bunyodkor"ni "Al Ayn" bilan o'yinda Viktor Karpenko murabbiy sifatida boshqaradi. Ushbu o'yindan keyin Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi to'laqonli ish faoliyatini boshlaydi.

 

- Ikki yil kichik vaqt emas. Hech qaerda ishlamadingiz. SHuvaqt mobaynida nimalarni o'yladiz, qanday rejalar qildiz? Hech bir murabbiy o'z joyida qotib qolmaydi. Selekciya, murabbiylar shtabi va o'zingizni qanday faoliyat olib borishingiz bo'yicha rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. 

Mirjalol Qosimov: - Sog'intirib qaytdim (kuladi). Avvalambor sog'ligimni tiklab oldim. Oxirgi yillarda juda ko'p "nagruzka", bosim bo'ldi. Faol hordik chiqardim. Lekin bu bilan futboldan yiroqlashib ketmadim. O'yinlarni kuzatib bordim. Terma jamoamiz, klublarimizning xalqaro va ichki chempionat o'yinlarini kuzatib bordim. Jonajon jamoalarimizga muxlislik qildim. Kuch yig'ib, hali aytganimdek sog'intirib qaytdim. Qo'limdan kelgancha o'zbek futboli va "Bunyodkor"ning mavqeini tiklashga harakat qilaman. Qolaversa, hozirgi ilk vazifamiz yaxshi natijaga erishib, avvalambor chempionatdagi o'rnimizni to'g'rilab olish. Hozirgi holatdan kelib chiqsak, "Bunyodkor"ning birinchi davradagi oxirgi o'yinlar taqvimi biz uchun og'ir. Futbolchilar bilan ham suhbatlashdik, mashg'ulotlar o'tdik. Ortda qolgan davr endi tarix. Endi klub tarixida yangi sahifa ochib, "Bunyodkor"ning madhiyasini qaytarish. Buni birgalikda amalga oshiramiz. Muhimi, jamoada yugurishni biladigan futbolchilar bor. Futbolni hozir turib o'ynab bo'lmaydi. Futbolda ayni paytda faqat harakatlanmoq zarur. Futbolchilar bilan yakkama-yakka gaplashib oldik. Jamoadagi ichki muhit qanday ekanligini hozircha bilmayman. CHetdan qaraganda oson, lekin ichki muhit bilan tanishish kerak. Ichki muhit bilan yaqindan tanishib olgach qolganini ko'ramiz. Tarkibda yaxshi futbolchilar bor. Ular bilan ishlaymiz va tarkibni kuchaytiramiz.  

- Klub siyosati yoshlarni o'ynatish edi. Endi nima bo'ladi? Tarkibda yangilar bo'ladimi? 

Mirjalol Qosimov: - Ayni paytda bo'lmaydi. Sababi birinchi davra oxirigacha yangi futbolchi qo'sha olmaymiz. Davralar oralig'ida transferlar amalga oshiriladi. Yoshlarga baribir tajribali sheriklar kerak. Ular tajribali va malakali futbolchilar oldida toblanishadi. Yoshlar o'zlaridan kuchliroq va tajribaliroq futbolchilardan o'rganishlari kerak. Har bir chiziqda tajribali futbolchilar bo'lmog'i lozim. CHunki ular o'z ortilaridan yoshlarni ergashtira olishadi. Aynan jamoani o'z ortidan ergashtira oladigan kuchli va yaxshi fuktbolchilarni jamoaga jalb etishga harakat qilamiz.

- Balki savolim noo'rindir hozir. Lekin hozirda barchani qiziqtirayotgan savolni bermoqchiman. Ayni paytda peshqadamlar bilan oradagi tafovut 9 ochkoni tashkil etmoqda. "Bunyodkor"ga esa Mirjalol Qosimov qaytdi. "Qaldirg'ochlar"ni chempionlik poygasiga qaytara olasizmi? 

Mirjalol Qosimov: - Tarixdan aytib beraman. Adashmasam, 2012 yili "Bunyodkor" taqibchilaridan 7 ochko o'zib ketgandi, yakunda "Paxtakor" chempion bo'lib ketgandi. O'shanda ham 6 yoki 7tur qolgandi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Muhimi, fuktbolchilarda va barchada ishtiyoq bo'lishi lozim. Futbolchilarga ham shunday ko'rkam stadionda muxlislarsiz o'ynash qiziq emas. SHunday ekan, qo'l ostimizdagi ushbu ajoyib stadiondan unumli foydalanishimiz zarur. Tribunalar ishqibozlar bilan to'lib-toshmasa, unda futbolchilar ham rohat olishmaydi. Avvalambor shunga harakat bo'ladi va buni futbolchilarga singdirib boramiz.  SHunday ekan hali imkoniyat bor. Endigina sakkizta tur bo'lib o'tdi. Lekin Birinchi davraning oxirgi uchrashuvlari juda og'ir o'tadi. "Nasaf" bilan o'tkazib yuborilgan o'yin turibdi. "SHo'rtan" bilan safarda, "Paxtakor", "Navbahor" mehmonda, "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" bilan qiyin o'yinlar turibdi.  Oldinda uchrashuvlar ko'p. Yaxshi niyatlar bilan maydonga tushib, oldimizga yaxshi maqsadlarni qo'yamiz.


- Sergey Lushan klub tizimida qoladimi? 

Murod Aliev: - Uning klub bilan shartnomasi bor. Mo'ljalimiz akademiyada unga qaysidir yosh toifasidagi jamoani berish. Agar u erda yaxshi ishlab, ishonchni oqlasa, unda Lushanni qoldiramiza. Umuman olganda, akademiyamizda katta o'zgarishlar bo'ladi. Akademiyadagi har bir murabbiyning ish faoliyatini ko'rib chiqamiza. Akademiya direktori boshqattan saylanadi. Hozir bir yaxshi rejamiza bor. Agar bu reja o'xshasa, unda bir ajoyib mutaxassisni akademiyaga olib kelamiza. Lushanning keyingi taqdiri 3 kun ichida aniq bo'ladi. 

- Lushan o'sha kungi matbuot anjumanida "Bunyodkor"ning moliyaviy holati yaxshi emasligini aytdi. Bundan 10 yil avval "Bunyodkor" kelib, oliy ligada "Paxtakor"ga raqobat qilgandi. O'shanda bu ikki klubning o'zaro raqobatidan terma jamoamiz ham manfaat ko'rgandi. CHempionatimizga fayz kirgandi. "Paxtakor"da ham yaqinda o'zgarishlar bo'ldi. Bu ikkala jamoa hozir tarkibga futbolchi jalb eta olmaydi. Baribir asosiy ish keyingi mavsumda bo'ladi. Keyingi yilgi raqobatga "Bunyodkor"ning moliyaviy holati dosh bera oladimi?

Murod Aliev: - To'g'risini aytsa, futbolda moliyaviy jihatdan ham asosiy o'rinni beradi. O'ylaymanki, bizlarda hamma narsa etarli darajada bo'ladi. Lushan aytdiki, jamoaning tajribali futbolchilarni ushlab turolmadik dedi. Men bu fikrni noto'g'ri, deb o'ylayman. Masalan hozir "Nasaf"da o'ynayotgan Akmal SHorahmedovni ham ushlab turish mumkin edi. Lekin bu hayot. Futbolchilar maoshi oddiy xalqnikiga nisbatan biroz kattaroq bo'ladi. CHunki sportchilarning faoliyati qisqa davom etadi. Bu narsa butun jahonda shunday. Nima demoqchiman, "Bunyodkor"da maoshlar bilan muammo bo'lmaydi. Kecha rahbariyat, klubning yangi prezidenti futbolchilarning maoshlarini o'tkazib berishdi.

Hozir jamoadagi legionerlarni Mirjalol Qo'shoqovich bilan ko'rib chiqamiz. Legionerlarning biri 10 daqiqa qolganida qo'yilmoqda, ikkinchisi esa umuman tushmay qo'ydi. Endi savol tug'iladi, oldingi rahbariyat nimaga qarab legionerlarni olishgan? Bizlar legionerlar olayotganda ham bu jihatlarga etibor beramiza. Lekin legionerlarni olishimiz shart. CHunki jamoamizdagi ko'pchilik futbolchilar hali yosh. Jamoaga albatta tajribali futbolchilar kerak bo'ladi.  

- Hozir chempionatimizdagi deyarli barcha jamoalarda 20 daqiqalik legionerlar ko'payib ketgan. Ukraina, Rossiya va boshqa davlat jamoalari asosan aniq bir kompaniya bilan selekciya ishlarini puxta olib borishadi. Sifatli legionerlar olib kelish uchun aniq bir kuchliroq kompaniya bilan shartnoma tuzib, hamkorlik qilish rejasi bormi? Hozir bizlarni jamoalarimizga kelayotgan legionerlarning ko'pchiligi mavsum oldi yig'inda o'zini ko'rsatib, ko'tarma pulini olib, shartnoma imzolaganidan keyin o'ynamay qo'ymoqda. 

Murod Aliev: - Juda to'g'ri savol. Albatta. Men ilk bor klub bosh direktori bo'ldim. Rejalar va loyihalarimiz ko'p. Ularni bosqichma bosqich amalga oshiramiz.  Adashmasam, hozirgi kunda o'zbek klublarida 30 yaqin legioner futbolchilar o'ynashmoqda. Ammo ularning qay darajada mahalliy futbolchilardan ustunligini o'zlaringiz ham ko'rib turibsizlar. Bu narsaga jiddiy qarash kerak. Bu borada murabbiylar, klub rahbarlari ishlashadi. Legionerlarga to'lanayotgan pul bu O'zbekistonning pullari. Ular to'lanayotgan pullarni oqlashmoqdami? SHuni ko'rib chiqish kerak. Biz imkon qadar shu pullarni oqlaydigan futbolchilarni jamoaga jalb etmoqchimiz. Bu safar boshqacha bo'ladi.




Narzulla Saydullaev

Reyting: +87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика