So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Mirjalol Qosimov: "SHabab Al Ahli" bilan bo'ladigan o'yinlar hal qiluvchi to'qnashuv" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "SHabab Al Ahli" bilan bo'ladigan o'yinlar hal qiluvchi to'qnashuv"

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 3-tur doirasidagi AGMK - "SHabab Al Ahli" o'rtasidagi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga Sanjar Tursunov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum! Juda ham muhim o'yin bizni kutmoqda. O'tgan o'yinda mag'lub bo'lganimiz tufayli ham "SHabab Al Ahli" bilan bo'ladigan ikki bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega. O'ylaymanki, "SHabab Al Ahli" ham shu fikrda. Raqib ham o'tgan tur mag'lub bo'ldi va har ikkala jamoa endilikda faqat g'alaba uchun kurashadi.  Guruhimizda bo'sh jamoaning o'zi yo'q va oson o'yinlar ham yo'q. Har bir bahs muhim ahamiyatga ega. Bo'lajak uchrashuvga tayyormiz. Futbol shunday o'yin va unda g'alaba bilan mag'lubiyat yonma-yon yuradi. O'tgan o'yindagi xatolarimiz xususida xulosalar qilindi, futbolchilar bilan gaplashib oldik. "SHabab Al Ahli" bilan o'yinda xatolarni yo'qqa chiqarishga harakat qilamiz. Yaxshi va chiroyli o'ynab, imkon qadar ko'proq vaziyatlar sodir etishga urinamiz"

—  "SHabab Al Ahli" bilan AGMK guruhda bir xil vaziyatda va ochkolar bo'yicha ham tenglik. Guruhda sizlar 3-o'rin, raqib esa 4-pog'onada. Bu jihat ertangi o'yinga qay darajada tasir qiladi?
— Har ikkala jamoa bir xil holatda. Dastlab durang o'ynadik va o'tgan turda mag'lubiyatga uchradik. SHu boisdan ham avval takidlaganimdek qatorasiga ikkita o'yin har ikkala jamoa uchun hal qiluvchi bo'ladi. Bu to'qnashuv kimnidir imkoniyatlarini oshirsa, kim uchundir imkoniyatlarni yopadi. SHu taraflama ham mazkur o'yinlar yanada qiziq bo'ladi.

— Mag'lubiyat bo'lajak o'yinlarda o'z tasirini ko'rsatadimi?
— Bu yaxshi tarafga ham yoki yomon tomonlama ham tasir qilishi mumkin. Xatolardan xulosa chiqargan holda bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ertangi bahsda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz. Boshqa yo'l yo'q. Maqsad muxlislarimizni xursand qilish.

Sanjar Tursunov: "Ertangi o'yinda faqat g'alaba uchun chiqamiz. Hozirgi vaziyat shuni taqozo etadi. O'zimizning xatoimiz tufayli guruhda shunday vaziyatga tushib qoldik. SHu bois faqat g'alabani qo'lga kiritishga bor kuchimizni sarflaymiz. Murabbiyimizning gaplariga qo'shilaman, o'tgan o'yindagi mag'lubiyat yaxshi tomonlama ham yoki aksincha tarafga ham tasir etishi mumkin. Ertangi bahs juda ham qiziqarli bo'ladi. Bizga ham, raqibga ham yutuq kerak. Har ikkalla tomon bir hil holatda. SHunisi aniqki, bo'lajak bahsda faqat g'alaba uchun kurashamiz".

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика