So’nggi yangiliklar

19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  4 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11

Mirjalol Qosimov: "Raqib tanlamayman, 1-turda kim tushishini farqi yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Raqib tanlamayman, 1-turda kim tushishini farqi yo'q"

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klub matbuot xizmatining bugun Superliganing yangi mavsumiga tashlanadigan qurasi, chempionlik uchun kurash kimlar ishtirok etishi va o'tayotgan yig'in to'g'risidagi mavzulari bo'yicha savollariga javob qaytardi.

"Hech qachon raqib tanlamaganman. Baribir mavsum davomida barcha o'zaro o'ynaydi. SHu boisdan ham 1-turda kim bilan tushishni farqi yo'q. Muhimi, chempionatni yaxshi boshlab olish kerak. 

Haqiqatdan ham bu yil ko'plab jamoalar kuchayishmoqda. Ayniqsa 3-4 ta jamoa ancha kuchaydi. Transferlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor», «Neftchi», «Qizilqum» va «So'g'diyona» jiddiy kuchaydi. Bu yili 6-7 jamoa yuqori o'rinlar, shuningdek chempionlik uchun jiddiy kurashadi. Bundan tashqari yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga 10dan ziyod jamoalarimiz jiddiy etibor qaratib, Antaliyada taraddud ko'rishmoqda. Bu ham o'z-o'zidan jamoalar yangi mavsumga jiddiy taraddud ko'rayotganidan dalolat. 

Yig'in ko'ngildagidek o'tmoqda. Futbolchilarning jismoniy holati meyoriga kelmoqda. Lekin hali o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Qolaversa poziciyalarni kuchaytirishimiz zarur. CHunki o'tgan mavsumga qaraganda asosiy tarkib futbolchilaridan 6-7 nafari jamoadan ketdi. Ularni o'rnini to'ldirish va o'zaro o'yin tushunchasini xosil qilish uchun vaqt talab etiladi. SHu jihat biroz muammo keltirib chiqaradi. Yangi futbolchilar meni falsafamni tushunishi va anglab, o'yinni to'liq shakllantirib olishimiz uchun malum vaqt ketadi. Umid qilamanki, yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishadi", - deya o'z fikrlarini bildirdi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика