So’nggi yangiliklar

08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  1 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  1 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  1 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  99 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  27 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  25 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  34

Mirjalol Qosimov: "Qo'rqib o'ynagandan ko'ra, futbolni yig'ishtirib qo'ygan maqul" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qo'rqib o'ynagandan ko'ra, futbolni yig'ishtirib qo'ygan maqul"

Superliganing 6-turi doirasidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

Avvalambor Ramazon Hayiti bilan o'zbek xalqini tabriklayman. Bir-biriga munosib jamoalar maydonda to'qnash keldi. Qolaversa, "Paxtakor" O'zbekistonning amaldagi chempioni sanaladi. Ikkala jamoada ham g'alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo'ldi, biroq oxir-oqibat durang natija qayd etildi. Endi Hayit kunini uyda nishonlab, keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- AGMK, umuman o'zbek klublarida "Paxtakor"ga qarshi qo'rquv sindromi bormi, sababi "sherlar" bir kishi kam bo'lib o'ynagan taqdirda ham boshqa jamoalar ehtiyotkor harakat qilishadi...

- Bizda unday sindrom yo'q, har bir jamoaning o'z rejasi, yo'nalishi mavjud. Biz ham g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Lekin bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak, eng kuchli futbolchilar "Paxtakor"da jam bo'lgan. Qo'rqib o'ynagandan ko'ra, futbolni yig'ishtirib qo'ygan maqul. Jamoa chindan kuchli, bekordan-bekorga OCHLda ishtirok etmadi. SHu bois to'g'ri taqqoslash qilgan maqul.

- "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, o'yin oxiridagi 6-7 daqiqada ketma-ket hujumlar uyushtirishdi. Nega shogirdlaringiz buncha yo'l qo'yib berdi?

- To'g'risi, bunga o'zim ham tushunmadim. SHogirdlarimga tanbeh ham berdim. Yodingizda bo'lsa, Namangandagi kubok bahsida ham tezkor qarshi hujumda to'p o'tkazib yuborgandik. Ularda shu jihat kuchli. Bu vaziyatlarni muhokama qilamiz. 

- Ikkala jamoada ham vaziyatlarni yakunlashda muammolar ko'zga tashlandi. Umuman olganda, chempionatda ko'zga ko'rinarli hujumchi yo'qdek. O'tgan yili birorta hujumchi o'yinning o'zidan (penaltilarsiz) 10 tadan ko'p gol urolmadi. So'nggi yillarda yuzaga kelgan mana shu muammo haqida nima deya olasiz?

- Bugun ham "Paxtakor" himoyachilari yaxshi harakat qilishdi. Futbolchilarimizda imkoniyatlar bo'ldi. Bizda hujumchi kam. O'zbek futbolida chindan ham bunday hujumchi yo'q. Futbolchi ham bir daraxt. Uni parvarishlash kerak. Tinimsiz mehnat orqali yuqori darajaga erishish mumkin, deydi Qosimov.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика