So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" kuchayayotganidan xursandman, biz ham qarab turmaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Paxtakor" kuchayayotganidan xursandman, biz ham qarab turmaymiz"

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.
- Kelayotgan Hayit ayyomi bilan butun yurtdoshlarimizni tabriklayman. Bu o'yin biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etardi. Qolaversa turnir jadvalida ochkolar bizga etishmayotgandi. Hozirgi kundagi eng kuchli jamoaga qarshi munosib o'ynadik. Bugun qiymati yuqori bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritishni juda xohlagan edik. Tajriba baribir o'z so'zini aytdi va birinchi taymda "Loko" katta tashabbusga ega bo'ldi. Tanaffusdan keyin jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi. Biz o'z imkoniyatimizdan samarali foydalandik va futbolchilar qilgan mehnatlari uchun munosib mukofotlanishdi.

Hozirgi kunda vaziyatimiz juda ham yaxshi emas. Birinchi bo'limda futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch pasaygani va biroz qo'rquv borligi sezilib turgandi. Tanaffusdan keyin esa ular ham futbol o'ynay olishlarini isbotlashdi. Uchrashuvdan keyin echinish xonasida ham futbolchilarga hammasi o'z qo'limizda ekanligini aytib o'tdim. Boshqa erdan birov kelib bizga yordam bermaydi.

Har bir o'yinga jiddiy qarayapmiz. Hozirda kim qolishi yoki kim ketishi haqida o'ylab ko'rganimiz yo'q. CHunki har bir o'yin biz uchun juda muhim ahamiyatga ega. O'zgarishlar haqida hali o'ylashga vaqt bo'lgani yo'q. Avvalambor barchani yig'ib olib, keyinchalik kimni ijaraga berish, kimni olib qolishni hal qilamiz. Bazi futbolchilarga o'yin amaliyotini berish uchun ularni ijaraga yuboramiz. Hali oldimizda vaqt bor. SHuni unutmaslik kerakki, biz kuchayishimiz kerak. Markaziy himoyamizda hozirda ikkita nominal himoyachi bor. Butun mavsumni ikkita nominal markaziy nominal himoyachi bilan o'tkazib bo'lmaydi. Futbolda jarohat, diskvalifikaciyalar bo'ladi. Bugun o'yin amaliyoti kamligi uchun Xurshid G'iyosov ham o'yinga tezda kirishib keta olmadi. SHuningdek, G'iyosov bugun himoyada o'ynadi. Aslida esa u yarim himoyachi sanaladi.

- Ikkinchi davrada xorijda yig'in o'tkazish rejasi bormi?
- Yo'q. Biz o'zimizda tayyorgarlik ko'ramiz. Men har doim davralar oralig'ida o'zimizda shug'ullanishni maqul ko'rganman. SHaroitlarimiz yaxshi va o'zimizning "SHveycariya"miz bor.

- "Paxtakor"da katta o'zgarishlar bo'ldi. Davralar oralig'ida "Paxtakor" "Bunyodkor"dan ikki nafar futbolchisini olishni ko'zlayotgani haqida malumotlar bor. Mayli, nomlarini keltirmayman. Ularni jamoada olib qolishga ishonasizmi?
- Futbolchilarimizni jamoada olib qolishga ishonch bor. Albatta "Paxtakor" kuchayotganidan xursandman. Nihoyat "Paxtakor" estafeta tayoqchasani olgani yaxshi bo'ldi. Bundan avvalambor o'zbek futboli yutadi. Biz ham qarab o'tirmaymiz. Futbolchilarimizni ushlab qolishga harakat qilamiz. "Bunyodkor"ning ham o'z imiji borligini unutmaymixz va imkon qadar kuchayishga hamda raqobatbardosh jamoa bo'lishga harakat qilamiz.
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика